Al-Hilal Nunesni chempionat ro‘yxatidan chiqardi va Benzemani kiritdi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tusha olmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi uning nomini milliy liga uchun ro‘yxatdan olib tashlab, klubga kelib qo‘shilgan Karim Benzemani qaydnomaga kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun arizasida qoldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga chaqirib kelinadi: hozirgacha 13 ta gol muallifi bo‘lgan va 2022 yilgi Qatar mundialida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing