Maktab o‘quvchisi laboratoriyada ilmiy kashfiyot qildi

1 daqiqa o'qish449
Maktab o‘quvchisi laboratoriyada ilmiy kashfiyot qildi

Moskva viloyati Pushino shahridan bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisi maktabdagi laboratoriya mashg‘uloti paytida tasodifiy ravishda muhim ilmiy kashfiyotga duch keldi. Bu haqda “MK” nashri xabar berdi.

Nikolay Ulikov zamburug‘lar bilan ishlash jarayonida o‘simliklarda mog‘or va boshqa zamburug‘larning o‘sishini to‘xtata oladigan bakteriya shtammini aniqladi. Dars davomida u va sinfdoshlari Petri kosalarida tipratikan qo‘ziqorinini yetishtirishga harakat qilishgan. Qo‘ziqorin yovvoyi tabiatdan olingani sababli u bilan birga muhitga begona mikroorganizmlar ham tushgan.

Bira muddatdan so‘ng, Ulikov Petri kosasida “halo” deb ataladigan steril halqa bilan o‘ralgan kichik bakteriya koloniyasini payqadi. Mazkur hududda boshqa mikroorganizmlar o‘smagani aniqlandi.

Keyingi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, topilgan bakteriya shtammi zamburug‘lar o‘sishini to‘xtatuvchi modda ajratib chiqaradi. Ana shu modda koloniya atrofida steril zona hosil qilgan.

Ulikovning fikricha, topilma aniq zamburug‘ga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, kelgusida ilmiy tadqiqotlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bunday bakteriyalardan qishloq xo‘jaligida ekinlarni zamburug‘li kasalliklardan himoya qilishda, og‘ir kimyoviy vositalarsiz samarali foydalanish imkoni bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?