date

Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Juniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Sobiq «Barselona» yarim himoyachisi bo‘lgan Rikelme bilan birga rahbariyat jamoani tezkor kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan. U 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. Shuningdek, 2003 yilda Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi