13:35 / 31.03.2018
4 510

Chekishni tashlashga sabab bo‘lgan hodisa

Chekishni tashlashga sabab bo‘lgan hodisa
O‘shanda 33 yoshda edim. Ikki-uchta do‘stim bilan tog‘da dam olib kelish uchun Hojikentga boradigan elektropoyezdga chiqdim. U yerda yaxshi dam olib, uyga qaytish niyatida temir yo‘l stansiyasiga keldik. Shu payt yo‘lda ichib ketish uchun suv olmoqchi bo‘ldim va biroz chalg‘ib qoldim. Bir payt poyezd asta-sekin o‘rnidan qo‘zg‘ala boshladi.

Poyezd bilan o‘rtamizdagi masofa taxminan 350 metr chiqardi. Tog‘da yana bir kun, boz ustiga yolg‘iz qolib ketishim mumkinligini o‘ylab, yelkamdagi og‘ir ryukzakka ham qaramay, bor kuchim bilan yugurdim. Bir amallab oxirgi vagonga ilashib oldim. Ammo tamburga yiqilib, boshqa yo‘lovchilar yordam bermagunlaricha, ya’ni o‘n besh daqiqacha o‘rnimdan tura olmay o‘tirdim. Nafasim bo‘g‘zimga shu qadar kuchli tiqilib qolgandiki, damim qaytib, tinimsiz harsillardim.

Shu voqeadan so‘ng chekishni tashlashga qaror qildim. Sog‘lom turmush tarziga qaytib, har kun tongda yugurishni boshladim. Hozir 71 yoshdaman. Ammo 350 metr masofani nafasim siqilmasdan, kuchli harsillashlarsiz, bemalol yugurib o‘ta olaman. Ana shunaqa, vaqtida chekishni tashlash mana shunday foyda beradi!
Erkin SA’DULLAYeV,
Qashqadaryo viloyati

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Chekishni tashlashga sabab bo‘lgan hodisa