Yana har xil xayollarga borib yurmang: men xotinimdan shikoyat qilmoqchi emasman. Xudoga shukur, besh yildan beri binoyidek yashab kelyapmiz. Faqat... shu kelingizning o‘ta realistligi, hisob-kitobga o‘chligi bor-da... Axir inson sal go‘zallikka, orzu-havasga, boringki... romantikaga moyil bo‘lishi kerak-ku?
Hech kimga aytmasangiz,qalbimiz sohibasi bilan oramizda bo‘lib o‘tgan bir hangomanishipshitib qo‘ysam, g‘iybat emas, shunchaki... mayli siz aytgandek hasrat bo‘la qolsin.
Kuni kecha to‘yimizga naq beshyil bo‘ldi. Beshyil-a? Axir bu kunni nishonlash kerak-ku? Lekin Malikamiz (yo‘q, maqtavormayapman, ismlari shunaqa) bunaqa tadbirlar bilan kelisholmaydilar. Hatto, tug‘ilgan kunlarni ham o‘ta oddiy, kamchiqim o‘tkazish tarafdori. Shunaqaligini bilsam-da, bu gal bu kechani boshqachroq nishonlamoqchi bo‘ldim. To‘g‘rirog‘i, syurpriz qilmoqchi edim. Besh yilda bir marta bir romantik kecha bo‘la qolsin. Ishdan vaqtliroq qaytib, taraddudni boshladim.
Xullas, hamma narsa muhayyo. Hammasi xuddi sevgi muhabbat haqidagi kinolardagidek. Yoqimli musiqa taraladi. Atrofda atirgullarning muattar hidi. Kecha o‘zim yozgan maxsus she’rni esimdan chiqmasin deb pichirlab o‘tiribman. Mana, nihoyat, Malikamiz ishdan chiqib, bog‘chadan Sultonimiz (erkalatayotganim yo‘q, o‘g‘limizning ismi shunaqa) olib, yo‘l-yo‘lakay do‘kondan ul-bul xarid qilib, kelyaptilar.
Eshik qo‘ng‘irog‘i jirinlashi bilan maxsus kiyimlarda unga peshvoz chiqdim.
Malikamiz har doimgidek tund kayfiyatda kirib keldi.
— Uff, qaysi bekorchi podyezdga atirgul lachaklarini sochib tashlabdi. O‘g‘lingizga qarab turing, men supurib chiqmasam...
Shoshmang, - dedim Sultonimizni uning qo‘lidan olib, peshonasidan o‘parkanman.Axir bu gullarni sizning yo‘lingizga poyandoz qilish uchun men sochgandim.
Malikamiz asabiy bosh chayqadi:
— Obbo erinmagan banda-yey, bir kami...keyin menga qarab shahlo ko‘zlari battar kattalashdi.Ie, ha? Oq ko‘ylak, qora kostyum... Qayoqqa? Ie Alimardon pochchamning mo‘yloviday galstuk ham taqvopsiz? Nima balo, babochka taqib, “Zakovat”ga chiqmoqchimisiz?
Obbo, bunga romantika yoqmasa nima qilay?
Bir amallab unga bugun bayram ekanini tushuntirdim. Ohista qo‘lidan tutib, bezatilgan xonaga boshlamoqchi bo‘ldi:
Qani malikam, nozik qo‘lingizdan tutib, baxt koshonasiga taklif etsam, kamtarona dasturxon...
— Mayli, mayli, Sultoningiz ishtonini ho‘llab qo‘ygandi yo‘lda, shuni almashtirib chiqay,keyin...
— Plastmassa ekan shekilli, yeb bo‘ladimi desam. Nima deyotgandingiz?
— Oyi, chishsha qilamaaaan!
— Qo‘ying-ye, qitig‘im kelyapti, shunaqa qiliqlaringizam bor bo‘lsin-da!
Vannaxonada ancha kuymalanib bir nimalar qilib, uy kiyimida maxsus xonaga kirdi Malikamiz.
— Voy dadasi, nima balo, chiroq o‘chdimi? Ana vannaxonada yoqiq-ku? Shoshmang zapas lampochka...
— Malikam,shunchaki bugungi oqshomimiz pushtirang shamlar yog‘dusi ostida kechsin deb...
— E, qanaqa narsalarni o‘ylab yurasiz-a?
Xotinim shartta chiroqni yoqib, shamlarni puflab o‘chirdi. Shu asnoda stol ustida turgan, o‘rtasi oq atirgullar bilan 5 raqami ajralib turgan qip-qizil gullardan iboratkattakon guldasta va dasturxon ustida ulkan qo‘sh yurak tasviri ichidaikkita oqqush shakli ishlangan tortga qarab ko‘zlari shokosadan chiqqudek bo‘ldi:
— Voy xudo, sho‘rimiz quridi-ku? Bu guldastayu tort uchunuchun kamida bitta oyligingiz ketgandir?
— Yarim oyligimketdi, xolos, - dedim uning kuyinayotganidan ajablanib.Axir bugun siz bilan baxt qasriga qadam qo‘yganimizga naq besh yil bo‘ldi. Ana shu qutlug‘ kunga atab kecha bitta she’r o‘qigandim.
Bu paytda Sultonimiz tortning ustidagi ikkita oqqushning haykalini olib qiyqirib yugura boshlagandi. Endigina she’r o‘qiy boshalagnimda, Malikamiz yerga ursa osmonga sapchiydigan sultonimizni quva ketdi. Keyin oqqushlarni birma-bir ko‘rib, dasturxonning bir chetiga qo‘ydi:
Men ko‘zlarimni yumib she’r o‘qishda davom etdim:
Ey mening malikam, qaro ko‘zligim,
Qalbimning bahori, shirin so‘zligim...
Xuddi shu asnoda yana sultonimiz ko‘rindi. Xullas, Malikamiz o‘g‘illarini urisha urisha yana chiqib ketdi. She’rxonlikdan ish chiqmasligini bilib, telefonimdagi ertalab yuklab olingan Shtrausning “Bahor ovozi”ni yoqib qo‘ydim.
Bir payt yana malikamizning norozi ovozi yangardi:
— Yana shu zerikarli musiqami? Undan ko‘ra Yulduzning yangi konsertini eshitaylik.
— Azizam, bu Shtraus-ku? Klassika! Keling bugun bitta valsga tushaylik.
Ochig‘i shu paytgacha Malikam bilan valsga tushmaganman. Bir qo‘lidan tutib, beliga qo‘l yuborsam, sapchib tushdi:
...Xullas, to‘yimizning besh yilligi shu taxlit romantika bilan nishonlandi. Ana, Malikamiz sultonimizni bag‘riga bosganicha dong qotib uxlayapti. Men esa, deraza osha mo‘ralayotgan to‘lin oyga tikilgancha romantik xayollar surish bilan bandman.
Otashin Qalb
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi