00:10 / 21.10.2018
3 481

Ona sutining mo‘’jizalari

Ona sutining mo‘’jizalari
Dunyo mo‘’jizalarga juda boy bo‘lib, ulardan biri Ona sutining mo‘’jizasi eng xayratlanarlisidir. Go‘dak tug‘ilib chinqirib yig‘laydi, ona ko‘kragini bolaning og‘ziga solishi bilan ema boshlaydi. Ona mexr-muhabbati jo‘shib, ko‘ksidagi sut tomchilaydi. Allohning mo‘jizasini qarangki sutning xarorati bilan go‘dakning xarorati bir xilda, na issik va na sovuk, bu ilik sut na achiydi va na sovub qoladi. Kunduzi-yu kechasi bir xilda kamayib, ko‘payib boraveradi. Ayolning yaratuvchan qilib yaratilishi Qur’oni Karim oyatlarida batafsil yoritilgan. Hatto undagi suralardan biriga «Niso» (Ayol) nomi berilgan.

Paygambar Muhammad Mustafo (sollallohu alayhi va sallam) hadislarida «Jannat Onalarning oyog‘i ostidadir» deganlarida ham ona go‘dagini dunyoga keltirib, uni bahriga bosib emizganligini nazarda tutganlar. Allox tabaraka va taolo marxamat qiladi. «Ona qornida bolasini qiynalib qo‘tarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir, unga xomiladorlik va uni sutdan ajratish o‘ttiz oydir». ("Al-Axkof" surasi, 15-oyat).

"Onalar bolalarnini to‘la ikki yil emizadilar, bu xukmdir". ("Baqara" surasi, 233-oyat).

Go‘dakni ona suti bilan boqish foydali ekanligiga ishora qilinmokda. Rivoyatlarda kelishicha, Omina onamiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) tug‘ilgandan olti oy o‘tgach, Halima ismli ayolga emizdirish uchun beradi. Halimaning o‘ng ko‘kragidan sut kelmas edi. Muhammadni (sollallohu alayhi va sallam) emizganda undan to‘lib-toshib sut keladi.

Alloh mo‘’jizasining ulug‘ligini ko‘ring. Ayol qalbida mexr tovlansa, ko‘kragidagi mexr bulog‘i chashma kabi otilib chiqadi. Go‘dakning ochiqqanini u yig‘lamasidan besh o‘n daqiqa oldinroq ona xis qiladi garchi u yirokda bo‘lsa ham.

Ona sutining kaloriyasi xech bir jonzot sutining kaloriyasiga tenglashtirilmaydi. Ona suti bolaga kuch-quvvat berishi bilan birga aqliy mo‘jiza yaratish hissasini beradi.

Rivoyatlarda keltirilishicha, (7-bobom Niyoz Mergan bulgan) Kunlardan bir kuni ovchining o‘ljasiga ona Kiyik tushib qolibdi, uning bo‘yniga chilvir solgan mergan qarasa kiyikning yoshi tirqirab oqar, yelinidan sut tomchilab turar emish, dir-dir titrayotgan jonivorni ko‘rgan merganning rahmi kelibdi. Xa, jonivor emizikli ekansanda deya qo‘yib yuboribdi. Chopib ketayotgan kiyik tez-tez ortiga qarar, gohida boshini siltab minnaddorchilik bildirayotgandek edi. Mergan asta ortidan borib poylabdi. G‘orga kirib bolasini emizayotgan kiyik ingrar, uning nolasi dilni pora-pora qilar, uning ingrashidagi nolani shunday anglabdi.

Bugunliging emginda to‘ygin bolam. Ertan yana deyaringni qo‘ygin bolam

Mergan bu so‘zlarn xis qilib ona kiyikga rahm-shavqati ortib uyiga qaytib ketibdi. Bu xodisani qo‘ni-qo‘shni qavm-qarindoshlarga yetkazibdi, shundan buyon bu rivoyat xalk orasida yurar ekan.

Ko‘zi yorigan ona darxol o‘zini emas bolasini o‘ylaydi, uning sog‘-salomat tug‘ilganini bilmokchi bo‘lib doyaga murojaat qiladi. Iliq gap eshitgach ko‘ngli taskin topadi – Allohning mexribonligi bu. Go‘dak ila onaning mexr –muhabbat rishtasi tomirlarida jo‘sh uradi. Ko‘ksini tutib bolasini emizish taraddudini ko‘radi. Bola tamshanadi. Endigina dunyoga kelgan go‘dak bu xolatni qayerdan, kimdan urgandi ekan? Alloxning mo‘jizasi bu, yuqorida aytib o‘tganimiz bu ikki yoshgacha emizish ona sutining bolaga foydalari xaqida edi. Meditsinaning isbotlashicha bolasini ko‘p emizgan onada ko‘krak saraton xastaligi uchramaydi.

Bu vokeaga uzoq yillar bo‘ldi. Aniqrogi 70-yillar edi. Katta opamiz tug‘rikxonadan kelgach, yigirma kunlar o‘tib, xastalanib qoladi. Xamma yaqinlari bemor bilan ovora bo‘lib chaqaloqni unutib qo‘yadilar. Tug‘rirogi ishi bo‘lmaydi, nima bo‘lsayam onasini salomat saqlab kolish harakatida bo‘ladilar. Ammo opamizning yaqindagina ko‘zi yorigan ovsini chaqaloqni qo‘liga olib o‘z uyiga olib keladi va chaqaloqni emizadi. Ikki go‘dak biriniki qiz, ikkinchisiniki o‘g‘il bo‘lgan go‘daklar bitta onani emadilar. Bundan habardor bo‘lgan bemor kuniga sog‘ayib boradi. Bolani emizgan ovsiniga esa tasannolar aytadilar. Aka-singil bo‘lgan chaqaloqlar hozir xar-birlari uyli-joyli baxtli xayot kechirib bir-birlari bilan bordi-keldi qiladilar. Farzandlariga ham biz aka-singilmiz deydilar.

Ba’zida bolasini suniiy oziqlantirib, qaddi-qomat buziladi, deb emizmayotgan yoki bolasini ko‘cha-kuyda tashlab ketayotgan yoki abort yo‘li bilan nobud qilayotganiga yoqa ushlaysan kishi, nahotki o‘z zurriyodini o‘z qo‘li bilan o‘ldirsa, tonsa, vaqtinchalik xuzur-halovat deb go‘dak umrini xazon qilsa. Go‘zal hulk bilan el-xalqga nafi tegadigan, vaqtini o‘tkazmay, tinch yurtda, sog‘-salomat shukronalikga ne yetsin. Xayotda yashayotganingni o‘zi ham –mo‘jiza. Alloh xar birimizga go‘zal saodat bilan yashash baxtini bersin.
Xolmirzayeva Ibodat

Manba: naqshband.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)