05:38 / 17.11.2018
2 779

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (7-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (7-qism)
51. Ularni dunyoda va uning atrofida sodir bo‘layotgan voqealardan xabardor qilib turing. Shuningdek, go‘zal qissalar, ularni xursand qiladigan voqealardan so‘zlab bering. Zero, onalar farzandlarining gaplarini eshitishga mushtoq bo‘ladilar.

52. Ularning sizga bergan tarbiyalariga doimo tasanno aytib yuring. Xizmatlariga tasanno ayting. Tashakkur aralashgan so‘zlaringizni kanda qilmang.

53. Sizning hayotdagi eng katta baxtingiz ular baxt ila yashashlari, sizdan rozi bo‘lishlari va siz u zotning baxtlarining sababchisi bo‘lishingiz ekanini bildiring. Shunday qilsangiz, ularning orzularini amalga oshirgan bo‘lasiz, zero, ularning eng katta orzulari farzandlarining ularni baxtli qilish uchun sarflagan harakatlaridir.

54. Agar ularning ham ota-onalari hayot bo‘lsa, ularga ham yaxshiliq qilishda baxillik qilmang. Onangizga bu borada yordam berishingiz ham, ularga yaxshilik qilishga kiradi. Agar vafot etgan bo‘lsalar, haqlariga duo, nomlaridan sadaqa va shu kabi o‘liklar quvonadigan, onangiz esa rozi bo‘ladigan ishlarni qiling . Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Odam bolasi o‘lganida amali kesiladi. Illo uch narsa: joriy sadaqa, manfaat olinadigan ilm yoki uning haqiga duo qiladigan solih farzand mustasno», – deganlar.

55. Ularga yaxshilik yetib turadigan bisot hozirlab qo‘ying. Misol uchun, masjid qurilishida ishtirok etish, yetimlarni kafillikka olish, Allohning kitobini yod olayotganlarga yordam berish yoki zaif, miskin va bechorahol insonlarga qarash.

56. Qachonki sizga biror orzularini yoki o‘zlariga tegishli biror narsani aytsalar, uni sizdan qilishingizni so‘rashlarini kutmasdan, qo‘lingizdan kelgunicha, bundan-da afzalroq ko‘rinishda orzularini amalga oshirishga shoshiling.

57. O‘zingizning mashg‘ulotlaringiz, barcha ishlaringiz, jami do‘stlaringiz, hatto farzandlaringiz va ayolingizdan ham ko‘proq ularga ahamiyat va vaqt ajrating.

58. Uyingizda ularni e’zozlang. Siznikiga har doim kelib turishlarini iltimos qiling. Uyingizda ularning barcha ehtiyojlarini qondiring. Bu bilan siz ularning hayotlarini o‘zgartirgan va farzandlarining merhribonligi bilan ularni baxtli qilgan bo‘lasiz.

59. Agar aka-uka yoki farzandlar bilan biror sayohatga chiqadigan bo‘lsangiz, ularni ham o‘zingiz bilan olib oling. Bu bilan ularga quvonch va shodlik bergan bo‘lasiz.

60. Suyuklilaringiz bilan biror restoranga chiqadigan bo‘lsangiz, albatta, ular ham yoningizda bo‘lsin. Bu chiqish ularning muayyan bir yoshda bo‘lishlarini talab qilmaydi. Balki bu bilan siz ularning yoshlari o‘tsa-da, xech qachon ahamiyatsiz, e’tiborsiz qolmasliklarini isbotlagan bo‘lasiz.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (7-qism)