QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
UMUMIY TA’RIF
2019 to‘ng‘iz yili qovg‘a burji ostida tug‘ilganlarga oson kechmaydi. Muammolar ko‘pligidan ayrim holatlarda xuddi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan odam ahvoliga tushishingiz mumkin. Ayniqsa, oila qurmaganlar muhabbat bobida jiddiy to‘siqlarga, muammolarga duch kelishlari ehtimolga yaqin.
Yoz oylarida moddiy ahvolingizni yaxshilash maqsadida yelib-yugurishingizga to‘g‘ri keladi. Oilalilar farzandlar muammolari, ular tarbiyasi, juftining rashk o‘tida qovrilishi kabi holatlarni ham 2019 yil ikkinchi bosqichida o‘zlaridan o‘tkazishlari kutiladi.
Bundan tashqari, yil oxiriga borib qarindoshlarning muammolari ko‘ndalang bo‘lishi mumkin. Ularni ham siz ijobiy hal etib berishingiz zarur bo‘ladi. Shunday ekan, yil boshidanoq ruhan xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Har narsani yurakka yaqin olmaslikka intiling. Ishoning, siz o‘zingiz uchun yil bo‘yi xotirjamlikni yarata olasiz.
MUHABBATI
Uylanmagan yigitlar 2019 yil boshidayoq shaxsiy hayotini qurish istagida bo‘lsa, birinchi navbatda muhabbatda tashabbuskorlikni, yetakchilikni o‘z qo‘liga olishi kerak. Tashabbuskor bo‘lmasangiz, baxtingizni topa olmay qiynalasiz. Bo‘lg‘usi juftingizni uchratdingizmi, sizga yoqdimi, yuragingiz jiz etdimi, tamom, boshqa gap sig‘maydi. Shartta boring-u, qo‘lini so‘rang.
Oilalilar esa ko‘cha-ko‘yda begonalar bilan ishqiy sarguzashtlarga berilmasligi lozim. Aks holda bor baxtingizdan ham ayrilib arosatda qolib ketishingiz hech gap emas. Ishoning, xudo ko‘rsatmasin, mavjud baxtingizni yo‘qotsangiz, uni hech qachon topa olmaysiz.
OILASI
To‘ng‘iz yili anchadan beri ko‘plashib torgina xonada yashab kelayotganlar uchun xayrli boshlanadi. Nihoyat sa’y-harakatlaringiz evaziga siz yashaydigan xonangizni ko‘paytirish baxtiga muyassar bo‘lasiz.
Yil davomida ro‘zg‘or buyumlaridan juda ehtiyotkorona foydalaning. Elektr asboblar, kesuvchi jihozlar bilan ishlashda sergaklikni qo‘ldan bermang. Nimaiki ish qilmang, faqat o‘z kuch hamda imkoniyatlaringizga suyaning. Ayrimlarning xonadonida 2019 yil ikkinchi yarmida chaqaloq dunyoga kelishi kutiladi. Demak, oldindan tadorigingizni ko‘rib qo‘yavering.
Qarindosh-urug‘lar bilan yil bo‘yi turli masalalarda kelisha olmay janjallashishingiz mumkin. Agar siz ham, ular ham o‘zlaringizni idora etishga urinmas ekansiz, janjallarni barham toptirish mushkul kechadi.
MOLIYaVIY AHVOLI
Tadbirkor bo‘lsangiz, raqobatchilar bilan ishlashda har doimgidek sergak va ehtiyotkor bo‘lishingiz, ishga mehr va toza ko‘ngil bilan qo‘l urishingiz kifoya qiladi. Kimlar sizdan qachonlardir qarz olgan bo‘lsa, 2019 yil boshida albatta qarzini qaytaradi. Lekin 2019 yili banklardan kredit olish yoki kimlardandir qarz ko‘tarish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Ko‘pchilik do‘stlarimiz uchun to‘ng‘iz yili shaxsiy biznesini ochishga keng yo‘l ochib beradi. Asosiysi, badavlat odamlardan tanishlarni, do‘stlarni ko‘paytirsangiz bas. Pichog‘ingiz moy ustida bo‘lishi tayin.
Iyun-iyul oylarida kutilmagan mo‘may daromadga ega bo‘lishingiz kutilmoqda. Faqat ularni qabul qilib olayotganda ehtiyot bo‘ling. Chunki pul ham bir sinov hisoblanadi. Ularni foydali ishlarga, tadbirlarga yoki zarur ehtiyojlar uchungina sarf qiling.
Ba’zi do‘stlarimiz mo‘may daromad olganini ko‘rib qarindosh-urug‘i yopirilishi mumkin. To‘g‘ri, yordam berish kerak, ammo oxirgi tiyiningizgacha ularga berib qo‘ya olmaysiz, to‘g‘ri emasmi?
SALOMATLIGI
2019 yili salomatligingizda deyarli muammo ko‘zga tashlanmaydi. Faqat parhez tutishda, sabzavotlar, mevalarni ko‘proq iste’mol qilishda davom etsangiz bas. Vaqti-vaqti bilan go‘sht va baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar iste’moli ham xalal bermaydi.
Yil davomida tez-tez yoga bilan shug‘ullaning. Yoqimli musiqa ostida ko‘zlaringizni yumgan holda bir necha soat sukut saqlang. Bu mashg‘ulot ruhiyatni mustahkamlashda asqotadi. Yoz oylarida esa organizmni quyoshli vanna bilan toblasangiz ham bo‘ladi.
Ayollar, qizlar skelet ko‘rinishiga yetgunga qadar ozishni aslo o‘ylamasinlar. Hamma narsaning ham o‘z me’yori bor. Darvoqe, to‘ng‘iz yilida zararli odatlardan voz kechish ham muvaffaqiyatli kechadi. Yoshi ulug‘, xasta qarindoshlardan xabar oling va qo‘shimcha savobga ega bo‘ling!
TO‘NG‘IZ YILIDA TUG‘ILGAN MAShHURLAR
Fransiyalik geograf va yozuvchi Jyul Vern (Jules Verne), amerikalik xonanda Elis Kuper (Alice Cooper), rus va sobiq sovetlar qo‘mondoni Vasiliy Chapayev, Amerika sobiq prezidenti Ronald Reygan (Ronald Reagan), rossiyalik aktyor Dmitriy Xaratyan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”