Olmazorda podstansiyadagi transformator yonib ketdi

Bugun, 1 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan podstansiyalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 18:57 da Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi podstansiya hududida transformator yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:01 da yetib borgan. Yong‘in soat 19:12 da qurshovga olinib, 19:17 da to‘liq bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Shuningdek, tan jarohati olgan fuqarolar ham qayd etilmagan.
Ayni paytda vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing