Boshqa dunyo
Yaqinda yangi ishga joylashish uchun yirik kompaniyalardan birining bosh ofisiga suhbatga borishimga toʻgʻri keldi. Toʻliq tasavvur hosil boʻlishi uchun aytaman: u kompaniya AQSHdagi eng yirik 15 kompaniyadan biri, yillik umumiy daromadi 140 milliard dollardan oshiq. (Taqqoslab koʻring, Oʻzbekistonning YAIMi (yalpi ichki mahsuloti) 48 milliard dollar.)
Men bilan suhbat boʻlayotganida, shu kompaniyaning CEOʻsi (bosh ijrochi direktori) kelib qoldi. Unga salom bergandim, kimligimni soʻradi, ishga kirish uchun yangi nomzodligimni bilgach, ishdan qoʻrqmasligimni aytib, ruhlantirdi, omad tiladi. Ismini koʻrgan boʻlsam-da, CEO ekanligini xayolimga ham keltirmagan edim. Xodimlar bilan juda samimiy, oddiy soʻrashdi, bayram bilan tabrikladi, xodimlar ham unga hazil-huzul qilib tabriklashdi. Xullas, uni tanimagan odam oddiy, hamma qatori xodimlardan biri deb oʻylaydi. Menga ham chiqib ketganidan keyin uning CEO ekanligini aytishdi. (Uning yillik maoshi 8,5 million dollar.)
Bizning dunyo
Bu voqea menga ancha vaqt avval sodir boʻlgan boshqa bir voqeani eslatib yubordi.
Ishxonamizga yirik amaldorlardan birining tashrifi kutilayotgan edi. Koʻp rahbarlar jam boʻlgan. Biz yoshlar oʻzbekchilik odatimizga koʻra xizmatdamiz. Shunda kichik rahbarlardan biri katta bir amaldorning kostyumini qoʻlimga tutqazib, ushlab turishimni soʻradi. Biroz vaqtdan keyin oʻsha amaldorning oʻzi yonimdan oʻtib qoldi va men unga salom berdim. Ammo u salomimga alik olish oʻrniga mendan “Bu kimning kostyumi?” – deb soʻradi, men albatta kostyum unikiligini aytdim. Shunda amaldor kostyumni bergan odamga qarab “Normalniy”roq odamga bersang boʻlmasmidi?“ – dedi. (”Normalniy" odam deganda, lavozimi yuqoriroq odamni nazarda tutdi.)
P.S. Bizning dunyodagi amaldorning boyligi boshqa dunyodagi hamkasbidan bir necha yuz barobar kam ekanligini qarang-u, ularning oʻzini tutishini koʻring. Balki kibrga berilmaslikni, osmonga chiqib ketmaslikni boshqa dunyodan oʻrgansak boʻlar. Garchi bir vaqtlar “Biz yulduz sanagan vaqtimizda, baʼzilarning ota-bobolari oyogʻiga latta bogʻlab yurishgan” boʻlsa ham, hozirgi davrda ular axloqiy jihatdan ham bizdan oʻtib ketishmadimikan?!.
Hamidulla ZIYOYEV
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?