09:16 / 30.01.2019
8 853

Kun davomida necha mahal ovqatlanish kerak?



Hamma narsadan qanoatlanganlar uchun uch martalik ovqatlanish
Kun davomida necha mahal ovqatlanish kerak?
Bu bizga bolalikdan tanish boʻlgan ovqatlanish rejimidir — nonushta ertalab 7—8 da, tushlik — 13—14 da va kechki taom 19—20 da.

Koʻp parhezshunoslar vaznni nazorat qilishda tez-tez va kam-kamdan yeyish odatiy uch martalik ovqatlanishdan koʻra koʻproq yordam berishini aytadi. Ammo baʼzi tadqiqotlar buni rad etmoqda. Chunonchi, sakkiz hafta davomida ikkita guruh ishtirokchilari kaloriyasi kamaytirilgan parhez tutdi, ammo bitta guruh kuniga uch mahal, ikkinchisi olti mahal ovqatlandi. Natijada ikkala guruh ishtirokchilari ham ozdi, olimlar sezilarli farqlarni payqamadi.

Agar siz 8 dan 5 gacha ishlasangiz va ovqatlanishlar orasida tamaddi qilib olishga imkoniyatingiz boʻlmasa, ovqat tayyorlashga ortiqcha vaqt sarflamoqchi boʻlmasangiz, ortiqcha vazn va ovqat hazm qilishdagi muammolardan azob chekmasangiz, kun oʻrtasida ochlik hissini sezmasangiz, uch martalik ovqatlanish rejimi sizga mos tushadi.

Ochlik hissini nazorat qilish uchun tez-tez ovqatlanish

Bunda kundalik kaloriya meʼyori kichik porsiyalarga taqsimlanadi. Odatda bu olti marta ovqatlanish boʻlib, ularning uchtasi asosiy ovqatlar va qolgani tamaddilardir.

Bunday usulning afzalligi shundaki, kun davomida siz ochlikni his qilmaysiz, shu tufayli kaloriyalarni hisoblab, oʻzingizni ovqatdan cheklamasangiz ham, kam yegulik isteʼmol qilasiz.

Ortiqcha vazningiz boʻlsa va undan qutulmoqchi boʻlsangiz, kun davomida tamaddi qilish imkoniyatingiz boʻlsa, kun davomida koʻpincha ochlikni his qilib, kechqurun esa juda koʻp narsa yeb qoʻysangiz, yomon xolesterin va insulin miqdorini kamaytirmoqchi boʻlsangiz, siz tez-tez ovqatlanish rejimini koʻrib chiqishingiz mumkin.

Yurak va miya salomatligi uchun qisqa muddatli ochlik

Bu shunday ovqatlanish sxemasiki, unda siz 16—18 soat davomida faqat suv ichasiz, qolgan vaqtda esa istaganingizcha ovqatlanasiz, ammo juda toʻyib ketmasligingiz va zararli narsalarni yemasligingiz kerak. Shuningdek, boshqacharoq sxema ham bor — haftasiga besh kun oddiy rejimda ovqatlanib, haftasiga ikki marta 24 soatdan och qolish.

Och qolishning foydasini koʻrsatib beruvchi koʻplab tadqiqotlar bor. AQSHdagi Keksayish muammolari boʻyicha milliy institut katta tadqiqotchisi Mark Mettson taʼkidlashicha, oshlik qondagi shamollash markerlari miqdorini kamaytiradi va oksidlanish stressini kamaytiradi, oʻrganish qobiliyatini va xotirani qoʻllab-quvvatlaydi.

Agar siz vazn tashlay olmasdan, yangi narsani sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz, ertalablari ochlikni his qilmasangiz, ovqat tayyorlashga koʻp vaqt sarlashni istamasangiz, qisqa muddatli och qolishni sinab koʻrishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kun davomida necha mahal ovqatlanish kerak?