Nega makadamiya dunyodagi eng qimmat yong‘oqlardan biri?

1 daqiqa o'qish12.1K
Nega makadamiya dunyodagi eng qimmat yong‘oqlardan biri?

Makadamiya nafaqat noyob ta’mi, balki inson salomatligi uchun katta foydasi bilan ham qadrlanadi. Uning yumshoq, qaymoqsimon va yengil vanilga o‘xshash ta’mi ko‘pchilikka yoqadi. Shu bilan birga, tarkibida organizm uchun muhim bo‘lgan qimmatli moddalar juda ko‘p.

Makadamiyaning asosiy foydalari

Makadamiya tarkibining katta qismi qimmatli yog‘ kislotalaridan iborat. Ular yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlaydi va “yomon” xolesterinni kamaytirishga yordam beradi.

Vitamin va minerallar manbai

Ushbu yong‘oq E va B guruhi vitaminlari, magniy, kaliy, temir hamda ruxga boy. Bu moddalar immunitetni mustahkamlaydi, asab tizimini tinchlantiradi va teri holatini yaxshilaydi.

Makadamiya tarkibidagi oqsil va kletchatka uzoq vaqt to‘qlik hissini saqlab turadi va hazm jarayonini yaxshilaydi.

Makadamiyani me’yorida iste’mol qilish muhim

Bu yong‘oq yuqori kaloriyali mahsulot hisoblanadi. 100 grammida taxminan 720 kkal mavjud. Shu sababli kuniga 5–7 dona iste’mol qilish yetarli bo‘ladi.

Sifatli makadamiyani qanday tanlash kerak?

Yong‘oq sotib olayotganda uning rangi och kremsimon bo‘lishiga, yoqimsiz hid chiqmasligiga va qadoqi havo o‘tkazmaydigan bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Qovurilgan turini olsangiz, tuz va sun’iy qo‘shimchalarsiz variantini tanlagan ma’qul.

Makadamiyani qanday chaqish mumkin?

Makadamiyaning po‘stlog‘i juda qattiq bo‘ladi. Agar yong‘oq oldindan yorilgan bo‘lsa, maxsus metall kalitcha yordamida oson ochiladi. Yorilmagan bo‘lsa, yong‘oq chaquvchi moslama yoki qisqichdan foydalaniladi. Ko‘pchilik uchun eng qulay variant — tozalangan makadamiya xarid qilish.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?