RIA Novosti qanday kishilarda keksayish jarayonlari sekin kechishiga oydinlik kiritdi.
Ko‘pincha bu holat irsiyatga bog‘liq. Biroq faqat bu omilning o‘zi sababchi deyish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bir necha tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlikni o‘z kuchingiz bilan ham uzaytirishingiz mumkin ekan.
Hamma birdek qarimaydi
2015 yilda Dyuk universiteti, Quddusdagi Yahudiy universiteti va Londondagi Qirollik kolleji olimlaridan iborat xalqaro guruh Yangi Zelandiyadagi Danidin shahrining mingga yaqin aholisi ma’lumotlarini tahlil qilgan. O‘sha vaqtda tadqiqot ishtirokchilari 26 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lganlardan iborat edi. Ular 12 yil davomida sinchkovlik bilan kuzatilgan.
Aniqlanishicha, ayrimlar qolganlarga qaraganda uch marta tezroq qarishgan. O‘n ikki oy davomida uch yoshga ulg‘ayishgan. Qolganlar esa aksincha bir yilda 16 yarim oyni «yashashgan». Tadqiqot ishtirokchilari 38 yoshga to‘lganida ularning biologik yoshi 28 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan turli ko‘rsatkichlarni namoyish etgan.
Mazkur tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, qarish sur’ati bor-yo‘g‘i 20 foizgagina irsiyatga bog‘liq bo‘lgan. Sport bilan shug‘ullanish, to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam tibbiy ko‘rik va chekishdan voz kechish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, ruhiy yoshi haqiqiy yoshidan katta bo‘lganlar tezroq qarishgan.
Harakat-hayot
Kaliforniya universiteti biologlarining xulosalari hamkasblari fikrini qisman tasdiqlagan. Ular 64 yoshdan katta bir yarim ming ayolning turmush tarzini kuzatib, kam harakatlilar tezroq qarishini aniqlashgan. Kuniga o‘n soatdan ortiq vaqt davomida o‘tirish holatida bo‘lganlarning biologik yoshi faol tengdoshlariga qaraganda sakkiz yoshga kattaligi aniqlangan.
Yoshlikni uzaytirishning yana bir ishonchli usuli – kamroq shirinlik iste’mol qilish deb hisoblashmoqda ingliz va nemis irsiyatshunoslari. Shakar o‘rniga olimlar urolitinga boy mahsulotlarni tavsiya qilishmoqda. Bu birikma grek yong‘og‘i, anor va qulupnay tarkibida mavjud. Hayot davomiyligini chili garmdorisi, uning tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi anchaga uzaytiradi. U semizlikka to‘sqinlik qiladi, yurak qon-tomir va o‘pka kasalliklari xavfini kamaytiradi. Amerikalik olimlar esa odam qancha kam asabiylashsa, shuncha sekin qariydi degan fikrni ilgari surishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?