date

Tandir non yopmaslik saratonga olib keladi: Hokimdan kutilmagan bayonot!

Tandir non yopmaslik saratonga olib keladi: Hokimdan kutilmagan bayonot!

Toshkent viloyati rahbari Zoyir Mirzayev ayollar orasida onkologik kasalliklarning (saratonning) ko‘payishining omillaridan biri sifatida ular an’anaviy tandir nonini tayyorlashni kamaytirganini izohladi. Hokimning fikricha, mahalliy hududlarda an’anaviy tandirlar yo‘qolib, non yopish to‘xtatilmoqda, bu esa sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Koreyalik mutaxassisning tahlili

Mirzayev Samarqandda ishlagan paytlarida koreyalik bir mutaxassis (doktor) ayollarda saraton kasalliklari ko‘payishi sabablarini o‘rganib chiqqanligini esladi. Mutaxassis 7-8 ta omilni sanab o‘tgan, bunda kam harakatlilik birinchi o‘rinda, to‘rtinchi faktor esa — tandirda non yopmaslik bo‘lgan.

"Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanar ekan organizmda. Shuning tezligida qon yo‘llarini tozalab yuborar ekan," — dedi hokim tandirning shifobaxsh ta’sirini tushuntirar ekan.

Uning ta’kidlashicha, qonning ifloslanishi natijasida bezlarga mikroblar joylashib, kasalliklar rivojlanadi. Afsuski, mahalliy aholi, xususan, ayollar tabiiy, qora bug‘doy qo‘shilgan nonlar o‘rniga zamonaviy, ammo foydasi kam bo‘lgan mahsulotlarga o‘tish bilan bu sog‘lom an’anani yo‘qotdik. Hokim bu faktorlardan birini yo‘qotganimizdan taassuf bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Tandir non yopmaslik saratonga olib keladi: Hokimdan kutilmagan bayonot!