Yaponiya o‘zbeklar uchun 250 ta yuqori haqli ish ochdi

1 daqiqa o'qish306
Yaponiya o‘zbeklar uchun 250 ta yuqori haqli ish ochdi

Yaponiyada o‘zbekistonliklar uchun yangi imkoniyat eshiklari ochilmoqda. Migratsiya agentligi va Proud Partners kompaniyasi hamkorligida yurtimiz fuqarolari uchun 250 ta yetkazib beruvchi haydovchi hamda 150 ta qurilish yo‘nalishidagi ish o‘rinlari taklif etilmoqda. Nomzodlar 1–2 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan tanlov orqali saralab olinadi.

Haydovchilar uchun talablar oddiy: B yoki C toifasi, 21–35 yosh va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Qurilish sohasi ishchilari esa 18–35 yoshda bo‘lishi va intizomga ega bo‘lishi kerak.

Eng asosiysi — ish beruvchi 2000 dollardan boshlanuvchi maosh, yiliga ikki marta bonus, turar joy, tibbiy sug‘urta va aviachipta xarajatlarini qoplashni o‘z zimmasiga oladi. Yapon yoki ingliz tilini bilganlar esa alohida ustunlikka ega bo‘ladi.

Qo‘shimcha ravishda, Angrenda bepul yapon tili kurslari ochilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus yurtimiz aholisini yuqori maoshli va qonuniy ish o‘rinlariga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar davomi bo‘lib, xorijdan kelayotgan mablag‘lar hajmi ham ortib bormoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?