Bugun lahm go‘sht faxrli o‘rinda emas, unga juda ko‘p ayblovlar qo‘yilmoqda: yurakka zarar qiladi, metabolizmni ishdan chiqaradi va umuman olganda, erta o‘limga sabab bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida baliq go‘shtini yeyishni afzal bilish bo‘yicha tavsiyalar ko‘paymoqda.
To‘g‘ri, bu tavsiyalarga ham qarshilar bor. Ular baliqning sifati avvalgidek emasligi, okeandagi ifloslanishlar oqibatida baliq tarkibida metil simob mavjudligi, bu esa go‘shtdagi to‘yingan yog‘larga qaraganda xavfliroq ekanini ta’kidlashmoqda. Shunga qaramay, baliq foydali yog‘li kislotalar va D vitaminining muhim manbai, go‘sht tarkibida esa organizm uchun muhim temir mavjud. Shunday ekan, ulardan qay birini afzal bilgan ma’qul?
Daniya texnika universiteti tadqiqotchilari barcha ijobiy va salbiy jihatlarni hisobga olgan holda qizil va qayta ishlangan go‘shtni baliqqa almashtirish bo‘yicha ehtimolli modelni ishlab chiqishdi. Baliq g‘olib bo‘ldi.
Daniya aholisi (6 million kishiga yaqin) bunday parhezga o‘tish sababli 7000 yilgacha sog‘lom umr bilan g‘olib bo‘lishi mumkin. Bu baholash tizimi yurakning ishemik kasalligi tufayli yiliga 170 taga yaqin o‘lim holati profilaktikasini ham o‘z ichiga oladi.
Biroq shuni hisobga olish kerakki, sog‘liq uchun foydasi baliqning turi, ratsionini o‘zgartirayotgan odam yoshi va jinsiga bog‘liq.
Yog‘li baliq (masalan, seld va skumbriya)ni iste’mol qilish yoki yog‘li hamda yog‘siz baliqlarni birgalikda yeyish katta foyda keltiradi. Agar faqat yog‘siz baliq iste’mol qilinsa, foyda ancha kam bo‘ladi. Chunki aynan yog‘li baliq tarkibida foydali omega-kislotalar miqdori yuqori.
Muhimi – tunets balig‘ini yemaslik. U foydali omega-kislotalarga boy emasligidan tashqari ko‘pincha metil simobining yuqori konsentratsiyasiga ega bo‘ladi. Ayniqsa farzand ko‘rish yoshidagi ayollar tunets balig‘idan voz kechganlari ma’qul. Chunki metil simobi konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan baliqni iste’mol qilish homila miyasining rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin.
Umuman olganda, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar – go‘shtdan baliqqa o‘tish eng foydali bo‘lgan ikkita toifadan biri. Ikkinchisi – 50 yoshdan oshgan erkaklar.
Yaxshi natijaga erishish qizil va qayta ishlangan go‘shtdan voz kechish va haftasiga taxminan 350 gramm baliq iste’molini ko‘zda tutadi. Bunda baliq miqdorining 200 grammi yog‘li baliqdan iborat bo‘lishi lozim.
Shuningdek, olimlar baliqqa o‘tish D vitamini yetishmovchiligidan aziyat chekadigan odamlar sonining keskin qisqarishiga olib kelishini aytishmoqda. Temir yetishmovchiligiga ega odamlar ulushi esa ko‘paymaydi.
Shunga qaramay, tadqiqotchilar hech kimni vegetarianlikka chaqirishmayotganligini ham aytishgan. Lahm va qayta ishlangan go‘sht o‘rniga uy parrandalarini iste’mol qilish mumkin. Biroq bunday almashtirishning jami ta’sirini aniqlash uchun yangi tadqiqot zarur. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?