00:30 / 22.05.2020
5 093

Shohjahon Ergashev davolanmoqda! Ahvoli qanday?

Shohjahon Ergashev davolanmoqda! Ahvoli qanday?
Professional boksda yengilmay kelayotgan Shohjahon Ergashev, Sports.uz sayti muxbiriga, hozirda nimalar bilan band ekani, karantin sabab o‘zgargan rejalari, promouterlik kompaniyasi faoliyati va oldinda turgan maqsadlari haqida quyidagilarni gapirib [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9zcG9ydHMudXovbmV3cy92aWV3L3Nob2hqYWhvbi1lcmdhc2hldi1kYXZvbGFubW9xZGEtYWh2b2xpLXFhbmRheS0yMS0wNS0yMDIw]berdi[/leech].

– Hozirda uyda oilam bag‘ridaman. Pandemiya sabab yuzaga kelgan karantin holati, qaysidir ma’noda menga salomatligimni yanada yaxshilashga, oila a’zolarim bilan ko‘proq birga bo‘lishga va dam olishim uchun qulay sharoit yaratdi. Xabaringiz bor, o‘tgan 3 yil mobaynida ko‘plab janglar o‘tkazdim. Shu sababli ham sog‘liqni mustahkamlash va eski jarohatlarni davolash uchun vaqtim bo‘lmagandi. Hozir esa ulardan qutilish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi hamda men bundan unumli foydalanyapman. Vaqtinchalik qiyin mashg‘ulotlarni o‘tkazmayapman. Faqatgina yuguryapman.

Pandemiya sabab barcha sportchilar kabi mening ham rejalarim o‘zgarib ketdi. Avvalo 9 may kunidagi jangim qoldirildi. Shuningdek, "Shohjahon Promotions" nomli promouterlik kompaniyamiz nomidan ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan bir necha bokschilarning ham janglari qoldirildi. Ammo, promouterlik kompaniyamiz faoliyati to‘xtagani yo‘q. Nasib qilsa, Sochi shahrida iyun oyining oxirlarida o‘tadigan boks kechasida sportchilarimiz ishtirok etishi kutilyapti.

Oldinda rejalar ko‘p. Avvalo shu yil uylanib, oilam bilan Amerikaga uchib ketaman. Amerikada yashab, ingliz tilini mukammal o‘rganib, jahon chempionlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarni olib bormas ekanman, chempionlik kamarini qo‘lga kiritishim qiyinlashaveradi. Nasib qilsa, jahon chempionlik kamari bilan yurtimizga qaytaman.

Fursatdan foydalanib, meni qo‘llab kelayotgan xalqimizga va biz sportchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorchilik bildirmoqdaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shohjahon Ergashev davolanmoqda! Ahvoli qanday?