21:38 / 05.07.2020
6 709

Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organimzni oqsil bilan ta’minlay oladi?

Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organimzni oqsil bilan ta’minlay oladi?
Foto: Harper’s Bazaar
Oqsillar immunitet mustahkamlanishi, hujayralarning o‘sishi, rivojlanishi va qayta tiklanishini ta’minlaydi. O‘simliklarda oqsillar go‘sht va sut mahsulotlariga qaraganda ancha kamroq miqdorda mavjud. Shunga qaramasdan, o‘simlik oqsillarining tarkibi zarur aminokislotalar to‘plamidan tashkil topgan, demak organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini qisman yoki to‘liq qondira oladi. Go‘shtdan boshqa yana qanday mahsulotlar oqsilga boy mahsulot hisoblanadi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Dukkakli mahsulotlar
Dukkakli mahsulotlar o‘simlik oqsilining koni hisoblanadi. 1 porsiya qizil yasmiq (chechevitsa) tarkibida 18 gr, qizil va qora loviyada esa 14 gr oqsil bo‘ladi. Bundan tashqari dukkakli mahsulotlar vitamin B, magniy, kaliy, temir va kletchatkani o‘z ichiga oladi. Bu esa ovqat hazm bo‘lishi, ichaklarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi.

Grechka
Grechka sog‘lom hayot kechirishni istagan har qanday kishi uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Ushbu mahsulot tarkibida ko‘p miqdordagi oqsildan tashqari, vitamin va minerallar, kletchatka hamda sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar mavjud. Grechkadan tayyorlangan taom to‘q tutadi va kun bo‘yi tetik bo‘lishga sababchi bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar
Kinoa
Oqsilga limmo-lim bo‘lgan kinoa omega-3 kislotasining ham manbasi hisoblanadi. Ushbu mahsulotni sabzavotlardan tayyorlangan salatga qo‘shish yoki o‘zidan quritilgan o‘t va sarimsoq qo‘shib, alohida taom tayyorlash mumkin.

Soya
Allergiyasi bo‘lmagan kishilar uchun soya hayvon oqsili o‘rniga eng yaxshi alternativ bo‘la oladi. Soya tabiatdagi barcha aminokislotalarni o‘z ichiga olgan yagona o‘simlik hisoblanadi. Shu sabab ham uni sut va go‘sht mahsulotlari o‘rniga yeyish mumkin. Bundan tashqari mazkur mahsulot — C, E, K, B vitamin​lari, kaliy, magniy hamda fosforning koni.

Qovoq urug‘lari
Qovoq urug‘lari o‘simlik oqsili, shuningdek, kletchatka, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgan mahsulot sanaladi. Urug‘lar organizmni barcha zarur oziqa moddalari bilan to‘yintiradi va shuning hisobiga uning iste’molidan keyin ancha vaqtgacha ochlik hissi sezilmaydi. Unda tez hazm bo‘ladigan uglevodlar deyarli bo‘lmagani sabab qondagi qand miqdorining keskin oshishiga olib kelmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organimzni oqsil bilan ta’minlay oladi?