17:43 / 20.07.2020
3 388

Biologlar organizm qarishini boshqarish usulini topishdilar

Biologlar organizm qarishini boshqarish usulini topishdilar
Foto: Unsplash
Kaliforniya universitetining molekular biologlari va biomuhandislari qarishga olib keladigan asosiy mexanizmni aniqladi, deb xabar beradi Phys.org.

Ma’lum qilinishicha, hujayralar qanday tezlikda va qaysi sabablarga ko‘ra qarishini aniqlash maqsadida olimlar Saccharomyces cerevisiae xamirturushidan foydalangan. Tadqiqot natijalari davomida ekspertlar bir xil genetik materialga ega hujayralar bir xil muhitda turlicha qarishi mumkinligini aniqladi.

«Mikrogidrodinamika, kompyuter modellashtirish va boshqa usullarni qo‘llagan holda biz hujayralarning deyarli yarmi oqsil komponentlarining asosiy qismi hosil bo‘ladigan DNK yadrosi hududidagi yadroning barqarorligi muntazam pasayishi qarishga sabab bo‘lishini aniqladik. Qolgan yarmi esa mitoxondriya disfunksiyasi, hujayralar energetik stansiyalari sabab qariydi», — deyiladi tadqiqotda.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, hujayra yuqoridagi ikkita yo‘lning birini paydo bo‘lganidan boshlab tanlaydi va o‘limiga qadar shu yo‘ldan ketadi. Ular bu kabi qarorni qanday qabul qilishini aniqlash maqsadida olimlar molekular jarayonlar o‘tkazib, hujayraning qarishini nazorat qiladigan molekular sxemani topishga muvaffaq bo‘ldi.

«Kompyuter modellashtirish asosiy molekular sxemani qayta dasturlash, uning DNKni modifikatsiya qilish va uzoqroq umr ko‘rishini ta’minlaydigan yangi marshrut yaratish imkonini berdi», — deyiladi tadqiqot natijalarida.

Mazkur yangilik asosida biologlar inson hayotini uzaytirishga yordam beradigan kimyoviy dori vositalarini yaratishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biologlar organizm qarishini boshqarish usulini topishdilar