19:53 / 09.11.2020
4 516

Suyaklar uchun foydali bo‘lgan 5 ta tabiiy mahsulot

Suyaklar uchun foydali bo‘lgan 5 ta tabiiy mahsulot
Foto: Money
Kollagen ichaklar, yurak va suyaklar salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi turli muammolar, og‘riqli sindromlar bilan namoyon bo‘ladi. Suyaklar salomatligi faqat kollagenga bog‘liq emas va uning mustahkam va baquvvat bo‘lishi uchun boshqa moddalar ham zarur.

Suyak qaynatib tayyorlangan bulon
Suyak qaynatib tayyorlangan bulon eng yaxshi kollagen manbalaridan biri sanaladi. Bunday taomda kollagendan tashqari, suyaklar yallig‘lanish jarayonini yaxshilaydigan foydali moddalar: glyukozamin, xondroitin, magniy, kaliy va oltingugurt mavjud bo‘ladi.

Sulfatga boy sabzavotlar
Brokkoli, gulkaram, sarimsoq va piyoz sulfatni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida sulfatirovaniyada muhim rol o‘ynaydi. Sulfat glyukozamin va sulfat xondroitinni hosil qiladi. Bu moddalar tog‘aylarni mustahkamlab, ularning bitishini yaxshilaydi.

Bioflavanoidlar
Biriktiruvchi to‘qimalarning mustahkamlanishi uchun ratsionga bioflavanoidlarga boy mahsulotlarni kiritish kerak. Chernika, piyoz, karam va olcha shular jumlasidandir. Shuningdek, o‘rik, kakao va boshqa kollagenga boy mahsulotlar ham tavsiya etiladi.

Rux moddasiga boy moddalar
Rux biriktiruvchi to‘qimalar tashkil topishida ishtirok etgani sabab ham suyaklar va uning salomatligi uchun ayni muddao hisoblanadi. Shu sabab ham shifokorlar ratsionga rux moddasiga boy mahsulotlarni kiritishni tavsiya qiladi. Mol go‘shti va qovoq urug‘lari rux moddasining manbayi hisoblanadi.

Mis moddasini ichiga oladigan moddalar
Mis kollagen hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Avokado, kakao, pista va kunjutda ushbu modda mo‘l bo‘ladi. Ammo ayrim mahsulotlarda kaloriya yuqori bo‘lishi, ularning iste’moli semirishga olib kelishi, bu esa suyaklarga salbiy ta’sir qilishini unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suyaklar uchun foydali bo‘lgan 5 ta tabiiy mahsulot