19:35 / 07.01.2021
3 045

Shifokorlar insonning qanday yurishiga qarab aniqlay oladigan kasalliklar

Shifokorlar insonning qanday yurishiga qarab aniqlay oladigan kasalliklar
Foto: «tv.ua»
Insonning qanday yurishi uning sog‘lig‘i haqida ko‘proq narsani oshkor qilishi mumkin. Bu qiziq bo‘lishi mumkin, ammo qanday yurishga qarab shifokor tanadagi muammo haqida aytib bera oladi yoki kasallik hali boshlanmagan bo‘lsa, nimalarga e’tiborli bo‘lish haqida bir necha takliflarni bildiradi.

Oqsoqlanish
Hech qanday jarohatlarsiz ham yurishda biroz sustlashish, og‘irlikni o‘ng yoki chapga o‘tkazish – bu rivojlanayotgan artrit, yassilik yoki oyoqlarning turlicha uzunligidan darak beradi. Agar farq unchalik sezilmasa, tana uni uzoq vaqt mobaynida o‘rnini to‘ldirishga harakat qiladi, bu esa bog‘imlar hisobiga sodir bo‘ladi. Natijada oyoqlar erta zaiflashadi, bel, tizza va sonda og‘riq paydo bo‘ladi. Oyoqlar uzunligidagi farq aniq-ravshan bo‘lsa, unday holda oqsoqlanish kuzatiladi.

Sekin qadam tashlash
Yosh o‘tib borgan sari qadam tashlash ham sekinlashib boradi. 2017 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, yosh o‘tishi bilan son va dumg‘aza mushaklari zaiflashadi, qisqaradi. Bu esa yurishni yanada sekinlashtiradi. Shuningdek, bunday holda artroz va boshqa qo‘shma kasalliklarning rivojlanish belgisi ham bo‘lishi mumkin.

Sudralib yurish
Oyoqlarni yerdan ko‘tarmasdan, aksincha sudrab yurish Parkinson kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Ushbu xavfli kasallik deyarli sezilmaydigan alomatlar bilan boshlanadi. Davolash ishlari vaqtida boshlansa, uni bartaraf etish ham shuncha oson bo‘ladi. Shuning uchun yurish vaqtida bu kabi holat kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

Lapanglab yurish
Odamlarning o‘rdak yoki pingving singari yurishi Trendelenburg yurishi deb ataladi va bu mushaklar zaiflashuvining ortishidan darak beradi. Ushbu holatning sabablari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, yumshoq to‘qimalar absessi yoki tos a’zolaridagi infeksiya kabilar. Har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur. Ayniqsa, bu holat yaqinda kuzatilishni boshlagan bo‘lsa.

Tomir tortishishi
Agar yurish yoki yugurish vaqtida tez-tez tomir tortishsa va bu aynan pastki mushaklarda yuz bersa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Ushbu holat oyoq qon tomirlarida paydo bo‘lgan tromb tufayli o‘pka yoki periferik arteriya kasalligining alomati bo‘lishi mumkin. Hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kasallik haqida imkon qadar shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Qoqilib yurish
Agar so‘nggi vaqtlarda ko‘p qoqilib yurish kuzatilsa, qondagi qand midorini tekshirtirish lozim. Qandli diabetning ikkinchi toifasi – diabet neyropatiya deb ham ataladi. Bunday vaqtda oyoqlarning sezgirlik darajasi pasayadi, yurish va yugurish vaqtida oyoqlarni yaxshi his qilish darajasi tobora kamayib boradi.

Nafas qisilishi
Tekis va yurish qiyin bo‘lmagan joylarda ham nafas qisilishi kuzatilsa, bu nafas olish yo‘llari va yurak sohasidagi kasalliklardan darak beradi. O‘RVI, astma, o‘pka va yurak kasalliklari nafas qisilishiga olib kelishi mumkin va bularning barchasi juda jiddiy bo‘lib, ularni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.

Sust yurish
Nafaqat sekin, balki qadam-baqadam yurishda yelka va bosh oldinga biroz tashlanadi. Ushbu yurish stress yoki tushkunlikni namoyon qiladi. Ajablanarlisi shundaki, bunday yurish yana giyohvandlikning ham belgisi bo‘lishi mumkin. 2012 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muntazam va dadil yurish depressiya alomatlarini kamaytirishga va har qanday kasallik qaytalanishining oldini olishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokorlar insonning qanday yurishiga qarab aniqlay oladigan kasalliklar