Foto: Freepik
Yurak xuruji erkaklarga xos kasallik sanalgani bilan ayollarda ham tez-tez kuzatilib turadi va ikki jins vakillaridagi simptomlar bir-biridan farq qiladi. Shu sabab ham unga xos belgilar haqida ma’lumotga ega bo‘lish hamda salomatlikda muammo kuzatiladigan bo‘lsa, jiddiy chora ko‘rish kerak.
Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?
Bunday vaziyatda qancha erta e’tibor berib, mutaxassisga murojaat qilinsa, shuncha yaxshi. Aksariyat hollarda yurak xuruji yuz berganidan keyingi birinchi soatda o‘lim holatlari ko‘plab kuzatiladi. Ko‘krak sohasida og‘riq, nafas qisishi, og‘riqning qo‘l yoki belga berishi ushbu kasallikka xos keng tarqalgan belgilar sanaladi. Qolaversa, gastritni esga soladigan oshqozon atrofida, bo‘yin, yelka hamda chakkada kuzatiladigan og‘riqlar, shuningdek, qo‘rquv va xavotir hissi ham yurak xurujining alomatlari bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda og‘riq o‘tib ketishini kutib o‘tirmaslik, har daqiqa hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Ko‘krak sohasidagi og‘riq yurak xurujida har doim kuzatiladimi?
Ko‘krak sohasidagi og‘riq eng ko‘p tarqalgan, ammo hammada ham kuzatilavermaydigan simptom sanaladi. Qolaversa, aynan ayollarda yurak xuruji ko‘krak sohasida qattiq og‘riqsiz, asosan diskomfort his qilish va yengil og‘riq bilan kechishi ko‘p marta takrorlangan.
Infarkt bo‘lish va buni bilmay qolish mumkinmi?
Qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlarda ushbu xavf kuzatilishi ehtimoli yuqori, ammo «sokin» yurak xuruji har kimda ham yuz berishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, nafas qisishi va holsizlik infarktga xos eng ko‘p tarqalgan simptomlar sanaladi.
Yurak xuruji yuz berishi asosan qanday vaqtda sodir bo‘ladi?
Statistika ma’lumotlariga qaraganda, yurak xuruji tonggi 6 dan kun yarmiga qadar boshqa vaqtga qaraganda 40 foiz ko‘proq kuzatiladi. Bundan tashqari, aynan shu vaqtda mazkur kasallikdan vafot etish holati 29 foizga ko‘proq yuz beradi.
Yurak xurujiga xos simptomlar sizda yuz berayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Birinchi navbatda tez yordamni chaqirib, tinchlanishga harakat qiling. Qulay vaziyatni egallang: o‘tiring yoki yoting. Bir dona aspirin tabletkasini qabul qiling. Uyda yolg‘iz bo‘ladigan bo‘lsangiz, eshik qulfini ochib qo‘ying, qo‘shnilaringiz yoki do‘stlaringizdan biriga xabar bering. Hech narsa yemang va ichmang.
Yurak xuruji sodir bo‘lganidan keyin sport bilan shug‘ullansa bo‘ladimi?
To‘g‘ri bajariladigan mashqlar takror yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfning oldini oladi va arteriyalarning mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi. Shifokor bilan maslahatlashing, uning ko‘rsatmasiga binoan sport bilan shug‘ullaning. Suzish, piyoda yurish va velosipedda sayr qilish bu borada yaxshi samara berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Farg‘onada noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Iroqda 37 yilda ilk bor aholi ro‘yxatga olinib, ularning soni ochiqlandi