
“Yuventus” jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovich kelgusi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Serbiyalik futbolchi yaqinda “Kalyari”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va shu sababli birinchi bo‘limdayoq o‘yin maydonini tark etgan edi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi 2025 yil oxirigacha safga qaytishga ulgurmaydi. Uning taxminan ikki oy davomida o‘ynamasligi va maydonga qaytishi keyingi yil boshiga rejalashtirilgan.
Dushan Vlahovich joriy mavsumda “Yuventus” tarkibidagi 17 uchrashuvda 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda yakuniga yetadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.