22:00 / 28.03.2021
2 559

Dilbar qiz bilan muomala qilish uchun 5 ta oddiy maslahat

Dilbar qiz bilan muomala qilish uchun 5 ta oddiy maslahat
Agar qiz bola bilan suhbat davomida sizdagi gapga chechanlik izsiz yo‘qolib, og‘zingizdan uzuq-yuluq gaplar chiqa boshlasa, sizga quyidagi beshta oddiy maslahat yordam berishi mumkin.

Yosh yigitlar vaziyatni miyada aylantiraverish oqibatida shu qadar hayajonga tushishlari mumkinki, bechora qizning oldiga yaqinlashishlari bilan hammasini buza boshlaydilar. Hayriyatki, bu holat o‘tkinchi bo‘lib, quyidagi tavsiyalar undan tezroq o‘tib ketishga yordam beradi.

1. Ko‘z aloqasini o‘rnating

Eng asosiy qoida – qizning ko‘zlariga qarang. Keraksiz joyga baqraymaslik ma’lum holat, ammo suhbatdoshdan uzoqqa tikilgan nigoh yoki qarashning libosda to‘xtab qolishi ham taassurotni buzishi mumkin.

Ko‘z aloqasi — odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni hosil qiladigan juda kuchli quroldir. Bundan 20 yil avval ruhshunos Artur Aron tajriba orqali odamlar faqatgina bir-birining ko‘zlariga bir necha daqiqa qarashning o‘zidayoq sevib qolishlari mumkinligini isbotlagan. Ko‘z aloqasidan qochish orqali o‘zingizdagi ishonchsizlikni ko‘rsatib qo‘yasiz.

Agar siz o‘zingizga ishonmasangiz, notanish qiz nima uchun sizga ishonishi kerak? Yanada yomoni, mavhum nigoh qiziqmaganlik va zerikish alomati sifatida qabul qilinishi mumkin.

Qizning ko‘zlariga qarash huddi “Senga o‘z e’tiborimni qaratyapman”, degan ma’noni anglatadi. Bu chindan ham muhim. Ko‘rkam erkaklar qiz bolani dunyodagi eng qiziqarli insondek his qilishga majburlash uchun ko‘z aloqasidan foydalanadi.

Suhbat davomida qizga qanday qarashingiz ham muhim. Jiddiy narsani gapirayotganda ko‘zlaringiz bir oz qising, hayratlanarli yoki qo‘rqinchli narsani gapirganda esa qoshlaringizni ko‘taring.

2. Taassurot uyg‘otishga urinmang. Shunchaki gaplashing

Ayrimlar ayollarga faqat yuqori maqomli va daromadli erkaklar yoqadi deb o‘ylaydi. Bu fikr qisman oqlangan, ammo dastlabki suhbat chog‘ida o‘zingizning kasbiy va moliyaviy yutuqlaringiz haqida gapiri berish shart degani emas.

Aksariyat yigitlar qiz qanchalik jozibali bo‘lsa, uning qarshi tomonga nisbatan talablari darajasi ham shuncha yuqori ekanligiga ishonadi. Mazkur xato fikr oqibatida yengil ish va rezyume o‘qishga aylanib qoladi.

Odam o‘z yutuqlari haqida qancha ko‘p gapirsa, ma’qullashga bo‘lgan ehtiyojini shuncha ko‘p namoyon etadi. Maqtanishga moyillik insonda hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirishga qat’iy harakat qilayotgan bechorani bildirib qo‘yadi.

Tushunish muhim: taassurot qoldirish — qiziqtirish degani emas.

Hattoki, qiz tomonidan yutuqlaringizning chin yurakdan ma’qullanishi siz bilan vaqt o‘tkazish unga yoqishini anglatmaydi. Nufuzli chet eli mashinasi va bankdagi salmoqli mablag‘ – bular, albatta, yaxshi, ammo bu kabi moddiy narsalarning inson munosabatlari kimyosiga hech qanday aloqasi yo‘q va qizda romantik tuyg‘ularni uyg‘otmaydi.

Qizda go‘yoki avvaldan tanish bo‘lgandek hisni uyg‘ota olasizmi? Uni kuldirish qo‘lingizdan keladimi? Aynan shu narsalar sizni boshqalar orasidan ajratadi va yoqishga yordam beradi.

3. Faqat o‘zingizni o‘ylamang

Omadsiz xotinbozlar ko‘pincha o‘zlari haqida juda ko‘p gapirishadi. Muammo shundaki, bu boshqa odamlar bilan munosabat bog‘lashning eng yaxshi usuli emas. Bu kabi munosabat suhbatni musobaqaga aylantirishi mumikn. Kim birinchi gapiradi? Mavzuni o‘znigizga qanday qarata olasiz? Bunday muloqotdan so‘ng odamlarda yoqimli taassurot qolmasa kerak.

Biz fikrimiz bilan qiziqadigan odamlarni kam uchratamiz. Bunday vakillar jozibali qizlar orasida yanada kamroq bo‘ladi. E’tiboringizni qizga qaratish orqali o‘zini boshqalardan ajralib turishini his qilishga majbur qilasiz.

Qizni yaxshiroq bilish uchun har qanday imkoniyatdan foydalaning. Uning qiziqishlari va hissiyotlaridan qancha ko‘p xabardor bo‘lsangiz, unga shuncha ko‘p yoqasiz.

“Nima ish qilasiz” va “qayerliksiz” kabi umumiy toifadagi savollar bilan cheklanmang. Bu zerikarli. Shaxsiy nimanidir bilishga, suhbat mavzusini yaqinda ko‘rgan filmingiz yoki yaxshi ko‘rgan kitobingiz muhokamasiga aylantirishga harakat qiling. Qiz bilan bir oz bahslashishingiz ham mumkin, ammo chegaradan chiqmang. Qiziqarli va tabiiy suhbat bir necha soat avval qo‘l yetib bo‘lmasdek ko‘ringan qizning sizga bo‘lgan ixlosini oshiradi.

Omadli savollar misollari
- Qaysi joylar va davlatlarga borishni istardingiz?
- Hayotingizda eng fahrlanadigan narsa nima?
- Mashhur bo‘lishni istaysizmi?
- Aynan nima orqali nom qozonishni istaysiz?
- Mutlaq erkinlik yoki omad qushingiz bo‘lsa nima qilardingiz?
- Ishingizda ko‘proq nima yoqadi? Nima kamroq yoqadi?

Faqat unutmang, suhbat so‘rovnomani to‘ldirishdek o‘tmasligi kerak. Savollarni ketma-ket bermasdan, ularni suhbatga aralashtiring. Tasavvur qiling, suhbat – bu koptok o‘yini. Qiz koptokni uzatadi, siz qabul qilasiz va mavzuga to‘g‘ri keladigan yangi savol orqali uni o‘ziga qaytarasiz.

4. Umumiy qiziqishlarni izlang

Yoqimli va yengil suhbatga yo‘l umumiy qiziqishlarni aniqlash va muhokama qilish orqali boradi. Suhbatdoshlardan biri qaysidir kino, kitob yoki serialni yodga olganidan keyin yuzaga kelgan zerikarli suhbatlarni eslang. Shunchaki ikkalangizga ham juda yoqadigan bir-ikkita narsaning o‘zi yetarli – va siz eng yaxshi do‘stga aylanishga tayyorsiz.

Biz beixtiyor o‘zimizga o‘xshaganlarni yoqtiramiz. Bitta qiziqishning mavjudligi boshqa narsalarda ham bir xil fikrlashimiz mumkinligi haqida o‘ylashga majbur qiladi. Suhbatdosh bilan umumiylik qancha ko‘p bo‘lsa, siz bilan unga ham shuncha qulay bo‘ladi. Qulaylik darajasi bilan yoqtirish darajasi ham o‘sib boradi.

Agar bir xil ichimlikni yoqtirishingizni yoki bitta maktabda o‘qiganingizni aniqlasangiz, bu sizga shunchaki ikkalangiz ham yoqtiradigan yeguliklar haqidagi bilimlarga nisbatan ko‘proq narsa beradi.

Qiz bola bilan gaplashgada qiziqishlaringiz o‘xshashligini qayd etishni unutmang. Agar suhbatda aniq o‘xshashliklar chiqmasa, borlari bilan ishlashga harakat qiling. U speleologiyaga qiziqadimi? Siz ham tarix muxlisi ekaningizni, yangiliklarni o‘rganishga o‘yligingizni va “Tom Soyer sarguzashtlari”ni sevishingizni tan oling. Suhbatda asta-sekin mashhur filmdagi iborani kirishga urinib ko‘ring. Mavzuni ushlab olgach, qo‘shimcha savollar berib va qizning javoblariga shaxsiy izoqlar bergan holda uni rivojlantiring.

5. Hayajonlanmaslik uchun suhbat yakuni haqida o‘ylayvermang

Qiz bola bilan suhbatning dastlabki daqiqalaridagi hayajonni to‘liq ketkazish yoki yashirish qiyin. Buning qo‘rqinchli joyi yo‘q, axir yengil hayajon ham ma’lum jozibani taqdim etadi. Ruhiy hayajonni kamaytirishning oddiy usuli – suhbat yakuniga diqqat qaratmaslikdir.

Aynan natijani kutish va u oqlanmasligidan qo‘rqish qiz bola bilan suhbatdagi hayajonning asosiy sababidir. Biz maqsadimizga shu qadar qattiq e’tibor berganimizdan boshqa narsalar haqida o‘ylay olmaymiz. Bu fikr barcha qilgan ishimiz va gapirgan so‘zlarimizda iz qoldiradigan yoqimsiz ifor kabi o‘zimizdan taraladi. Biz suhbatda ishtirok etmay, faqat har bir so‘z yoki ishorani tahlil qilamiz.

Har qanday kutishlardan voz kechish hayojondan ozod etadi. To‘g‘ri, qizning raqamini olish ajoyib bo‘lardi, ammo u rad etsachi? Bu qo‘rqinchli emas. Birinchi qadamni bosganingizning o‘zi olg‘a intilishdir. Endi muloqotdan bahramand bo‘lish, o‘rganish va jozibali qizlardan qo‘rqmaslik mumkin. Tajriba – bu natija degani. Va, aynan shu natija haqiqatdan ham qiziq narsaning ibtidosiga aylanishi mumkin.

Manba: LifeHaq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dilbar qiz bilan muomala qilish uchun 5 ta oddiy maslahat