Foto: Pixabay
Amerikalik tadqiqotchilar uzoq vaqt uyqusiz ishlaydigan insonlarning miya faoliyatini rag‘batlantirib, charchoqni oladigan portativ qurilmani yaratdi. Communications Biology jurnalida keltirilgan relizga ko‘ra, gadjet bo‘yin terisi orqali sayyor nervga elektr tokini yuboradi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Mazkur usul noinvaziv elektr neyromodulyatsiya deyiladi. Undan hozirda foydalanilmoqda va so‘nggi vaqtlarda metodika samaradorligi sabab mashhurlikka erishmoqda.
Buning ustida Lindsi Makintayr rahbarligidagi AQSH Harbiy havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasining ekspertlari shug‘ullangan bo‘lib, ular sayyor nerv signallarni miya, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa bir nechta asosiy organlar o‘rtasida yuborishini aniqlagan. Shu orqali insonning kayfiyati aniqlanadi.
Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, AQSH Harbiy havo kuchlarining 34 soat davomida uxlamagan 40 nafar harbiy xizmatchisi qurilmadan foydalanib, platsebo-impulslarni olganlardan ko‘ra yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Ular hushyorligini 19 soat davomida saqlashga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi