4 833
Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni 64 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
24 iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga davlat rahbarining nabirasi Shavkatjon bilan tushgan suratni joylashtirgan. «Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, aziz insonlarim. Alloh Sizni panohida asrasin!», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, Saida Mirziyoyeva o‘zining kenja o‘g‘li Shavkatjonni 2020 yilning 24 iyulida — Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kunida dunyoga keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning faoliyat xronikasi» deb nomlangan to‘plam nashrdan chiqarilgandi. Unda Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil sentabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi