20:50 / 11.09.2021
3 067

C vitamini qarishga qarshi qanday yordam beradi?

C vitamini qarishga qarshi qanday yordam beradi?
Foto: Cosmopolitan
Avvaldan ayollar qarishni kechiktirishni orzu qilib kelgan. Hozirda esa buning ham imkoni topildi. Kollagenning qarishga qarshi xususiyatlari haqida hamma narsa ma’lum, lekin yoshlikni saqlashga yordam beradigan boshqa vositalar ham bor.

C vitamini qay darajada foydali?
C vitamini qarishning tashqi belgilariga qarshi samarali ekani klinik jihatdan isbotlangan oz sonli moddalardan biridir. Tadqiqotlarga ko‘ra, C vitamini organizmda o‘z kollagenini ishlab chiqarishni boshlaydi. Chunki 20 yoshdan keyin ushbu jarayon sekinlashadi. Kollagen bejizga yoshlik eleksiri deb atalmaydi. Aynan u terining elastikligi va namlanishi, tabiiy porlashi va ajinlar uchun javobgardir. Antioksidant xususiyatlariga ko‘ra, C vitamini erkin radikallar ta’siridan tanani ishonchli himoya qiladi. Radikallar tana hujayralariga hujum qiladi, yallig‘lanish reaksiyalarini qo‘zg‘atadi, ajinlar va giperpigmentatsiyani tezlashtiradi.

Qarish birinchi navbatda tashqi tomondan emas, balki ichki tomondan sodir bo‘ladigan jarayon, shuning uchun hatto teriga ham g‘amxo‘rlik qilish kerak. Yosh o‘tishi bilan yurak-qon tomir kasalliklari xavfi sezilarli darajada oshadi, shuning uchun ularning oldini olish haqida oldindan o‘ylash kerak. C vitaminini muntazam qabul qilish insult xavfini 30 foizga kamaytiradi, yurak mushaklari va qon tomir devorlarini himoya qiladi.

Miya faolligining pasayishi qarishning yana bir aniq belgisidir, bu holda ham C vitamini yordam beradi. Chunki uning tuzilishi tufayli miya erkin radikallar uchun eng qulay maqsad hisoblanadi, shuning uchun u ishonchli himoyaga muhtoj. C vitaminini muntazam qabul qilish konsentratsiyani va ish faoliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi va Alsgeymer kasalligining oldini oladi.

C vitamini qanday mahsulotlarda mavjud?
Eng oson yo‘li ratsionni qaytadan tuzish va C vitaminiga boy mahsulotlar qo‘shishdir. Limon, ismaloq, qulupnay va sitrus mevalar ikki baravar ko‘p C vitaminni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qora smorodina va brokkoli ham ushbu vitaminga boy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » C vitamini qarishga qarshi qanday yordam beradi?