18:03 / 25.05.2022
2 176

Prezidentning yangi farmoni ommaga e’lon qilindi

Prezidentning yangi farmoni ommaga e’lon qilindi
Prezidentning «Hisob-kitob tizimini takomillashtirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lov intizomini oshirish chora-tadbirlari tug‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash maqsadida:

- 2022 yil 15 iyundan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi.

Bunda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;

- maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochiladi va yopiladi;

- maxsus maqsadli hisobvaraqlarni ochish va (yoki) yopish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravishda kelishiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezidentning yangi farmoni ommaga e’lon qilindi