11:30 / 15.09.2022
2 029

Prezidentning yangi qarori mazmuni e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori mazmuni e’lon qilindi
«Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan:

- tadbirkorlarni tekshirishlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi (ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi);
- tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritiladi.

«Xavfni tahlil etish» tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

Tadbirkorlarning ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’ekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazish va avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslik huquqiga ega:

- tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq rasmiylashtirilmaganda;
- tekshiruv Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;
- tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmaganida;
- ular Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida.

2023 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlarga «Yagona davlat nazorati» axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Prezidentning yangi qarori mazmuni e’lon qilindi