date

Xitoyda qarish jarayoni tezlashmoqda

Xitoyda qarish jarayoni tezlashmoqda

Xitoyda aholining qarishi tobora kuchayib bormoqda. Mutaxassislar prognoziga koʻra, yaqin oʻn yil ichida 60 yoshdan oshganlar soni 400 milliondan ortishi mumkin, deb xabar beradi Sinxua.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025 yil oxiriga borib, mamlakatda 60 yoshdan yuqori fuqarolar 320 milliondan oshib, umumiy aholining qariyb 23 foizini tashkil etadi. Shu sababli rasmiylar bu muammoni yumshatish uchun yangi chora-tadbirlarni joriy etmoqda.

Xususan, 2030 yilgacha shahar va qishloqlarning kamida 70 foizini qariyalarga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, yolgʻiz va yordamga muhtoj keksalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mutaxassislar bu holatning asosiy sabablaridan biri sifatida oʻtgan asr oxirida joriy qilingan “bitta bola siyosati”ni koʻrsatmoqda. Bu cheklov tugʻilish darajasining keskin pasayishiga olib kelgan.

Garchi keyinchalik hukumat farzandlar soniga oid cheklovlarni yumshatgan boʻlsa-da, tugʻilish koʻrsatkichlari kutilgan darajada oshmadi. Natijada, soʻnggi yilda Xitoy aholisi 3,39 million kishiga kamayib, 1,404 milliardni tashkil etdi.

Bu holat mamlakat oldida yangi demografik va iqtisodiy chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda qarish jarayoni tezlashmoqda