date

Gʻazoda tunlari bolalarga kalamushlar hujum qilmoqda

Gʻazoda tunlari bolalarga kalamushlar hujum qilmoqda

Gʻazo hududidagi gumanitar vaziyat yanada ogʻirlashmoqda. Reuters tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, chodir lagerlarda yashashga majbur boʻlgan falastinliklar yangi muammoga — kalamush va boshqa kemiruvchilar hujumiga duch kelmoqda.

Maʼlum qilinishicha, tungi paytlarda kalamushlar ayniqsa bolalarga hujum qilib, ularning qoʻl-oyoqlarini tishlamoqda. Bu esa ota-onalarni jiddiy xavotirga solgan.

Odamlar nochor ahvolda

Gʻazoda 2 milliondan ortiq aholi qurolli mojarolar tufayli oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan. Hozirda ular vayrona binolar yoki vaqtinchalik chodirlarda yashamoqda.

Xon Yunusdagi lagerda istiqomat qiluvchi Amani Abu Selmi toʻyi arafasida kalamushlar uning kiyimlari va marosim buyumlarini yaroqsiz holga keltirganini aytdi.

“Quvonchli kunim qaygʻuga aylandi. Barcha tayyorgarliklarim yoʻqqa chiqdi”, deydi u.

Bolalar eng koʻp jabr koʻrmoqda

Lagerda yashovchi Halil al-Mashharaviyning soʻzlariga koʻra, kalamush uning 3 yoshli farzandini tishlab olgan. U hatto oʻzi ham kemiruvchilar hujumiga uchraganini aytgan.

“Tunda uxlashga qoʻrqamiz. Biroz koʻz yumsak, ular bolalarga tashlanadi”, deydi u.

Gʻazo shahrida yashovchi yana bir fuqaro esa kalamushlar nafaqat odamlarga, balki oziq-ovqat va kiyim-kechaklarga ham zarar yetkazayotganini taʼkidladi.

Kasalliklar xavfi ortib bormoqda

Al-Shifa shifoxonasi rahbari Muhammad Abu Selmiyaning bildirishicha, kemiruvchilar tufayli kasalliklar tarqalishi xavfi yuqori.

Xususan, kalamush tishlashi orqali:

  • isitma,
  • Leptospiroz,
  • hatto oʻlat kabi ogʻir infeksiyalar paydo boʻlishi mumkin.

Muammo yanada kuchayishi mumkin

Mutaxassislar fikricha, yoz fasli yaqinlashayotgani va sanitariya vositalari yetishmasligi vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi mumkin. Ayrim cheklovlar sabab zararkunandalarga qarshi kurashish imkoniyatlari ham cheklangan.

Shu bilan birga, COGAT maʼlum qilishicha, soʻnggi haftalarda hududga muayyan miqdorda zararkunandalarga qarshi vositalar va qopqonlar kiritilishiga ruxsat berilgan.

Biroq mahalliy aholi taʼkidlashicha, bu choralar hozircha vaziyatni tubdan yaxshilash uchun yetarli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gʻazoda tunlari bolalarga kalamushlar hujum qilmoqda