date

AQShda yoshlar orasida toʻgʻri ichak saratoni keskin kuchaymoqda

AQShda yoshlar orasida toʻgʻri ichak saratoni keskin kuchaymoqda

AQShda yoshlar oʻrtasida toʻgʻri ichak saratoni bilan bogʻliq holatlar va oʻlim koʻrsatkichlari tez surʼatlarda oshib bormoqda. Bu holat olimlar va shifokorlarni jiddiy xavotirga solmoqda.

Tadqiqotlarga koʻra, toʻgʻri ichak saratoni yoʻgʻon ichak saratoniga nisbatan ikki-uch baravar tezroq tarqalmoqda. Agar bu tendensiya davom etsa, 2035 yilga kelib, mazkur kasallik 50 yoshgacha boʻlganlar orasida oʻlimning yetakchi sabablaridan biriga aylanishi mumkin.

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, 2026 yilda AQShda yoʻgʻon ichak saratonining qariyb 158 mingdan ortiq yangi holati aniqlanishi, 55 mingdan ziyod inson esa ushbu xastalikdan vafot etishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, vafot etganlarning katta qismi 65 yoshgacha boʻlganlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Yangi ilmiy izlanishlar yoshlar orasida saratoning koʻpayishi, asosan, toʻgʻri ichak saratonining ortishi bilan bogʻliq ekanini koʻrsatmoqda. 1990 yillar oxiridan buyon kasallik har yili taxminan 3 foizga oʻsib bormoqda.

Olimlar bu xavfli tendensiya sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Dastlabki taxminlarga koʻra, ichak mikroflorasidagi oʻzgarishlar, notoʻgʻri ovqatlanish va shirin ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish omil boʻlishi mumkin. Shu bilan birga, koʻplab yosh bemorlarda anʼanaviy xavf omillarining yoʻqligi masalani yanada murakkablashtirmoqda.

Mutaxassislar aholini erta tekshiruvlardan oʻtish va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » AQShda yoshlar orasida toʻgʻri ichak saratoni keskin kuchaymoqda