date

Hindistonda dahshatli holat: bayramda fil bir odamni bosib oʻldirdi

Hindistonda dahshatli holat: bayramda fil bir odamni bosib oʻldirdi

Hindistonda ibodatxona bayrami fojia bilan yakunlandi. Kerala shtatida oʻtkazilgan marosim vaqtida fil nazoratdan chiqib, bir kishining hayotiga zomin boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa Angamali hududidagi ibodatxona atrofida sodir boʻlgan. Bayram uchun olib kelingan fil kutilmaganda tajovuzkor holatga oʻtib, atrofdagilarga hujum qilgan.

Oqibatda 40 yoshli Vishnu halok boʻlgan. Ahamiyatlisi, u aynan ushbu filni marosimga olib kelgan shaxs boʻlgan. Shuningdek, yana bir fuqaro — Pradip turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Guvohlarning aytishicha, fil hujumi davomida bir qator avtomobillar va skuterlar agʻdarilib, hududda jiddiy sarosima yuzaga kelgan. Taxminan ikki soat davom etgan tartibsizliklardan soʻng hayvon maxsus tinchlantiruvchi vositalar orqali uxlatilgan.

Shundan keyin fil nazoratga olinib, ibodatxona yaqinidagi daraxtga bogʻlab qoʻyilgan. Mazkur holat bayram tadbirlarida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda dahshatli holat: bayramda fil bir odamni bosib oʻldirdi