Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti jamoasi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida xorijiy ekspertlar orasida so‘rov o‘tkazdi.
Forumda 900 nafar xorijlik mehmon ishtirok etdi va ulardan 50 nafari O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida o‘z fikrini bildirdi. Tanlangan respondentlar soni ishonchlilikni 95 foiz darajasini ta’minlaydi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan marginal xatolik 13,5 foizdan oshmaydi.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi hozirgi iqtisodiy vaziyatni qanday baholaydi?
Bu savolga javob berish asnosida ekspertlar eng ko‘p «o‘sib borayotgan», «ochiq», «imkoniyatlar», «qiyin», «istiqbolli», «barqaror» so‘zlarini ishlatdi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde o‘z nutqida YAIM hajmining 2022 yilda prognoz qilinayotgan 5,3 foizga, kelasi yilda esa 4,5 foizga o‘sishi bilan O‘zbekiston Yevropa-Markaziy Osiyo mintaqasidagi 23 ta davlat orasida eng tez rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylanishini ta’kidladi.
O‘zbekistonni yanada rivojlantirishning asosiy manbalarini nimada?
Bu savolga ekspertlar IT, moliya yoki texnologiyalar deb emas, balki «inson kapitali», undan keyin «innovatsiyalar», «shaffoflik», «institutlar», «to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar», «hamkorlik» deb javob berishdi.
Forumning asosiy yutuqlari nimada?
Mehmonlar ishlatgan eng ko‘p so‘zlar — «netvorking», «ishonch», «ochiq muloqot», «kelishuvlar», «kontaktlar», «rejalar» bo‘ldi.
Bundan tashqari, «o‘zaro ishonchni mustahkamlash, jadallik, qarashlarni aniqlashtirish va qo‘shnilarni birlashtirish» javoblari ham keng ishlatilgani ushbu Forum mintaqaviy tadbirga aylanib bo‘lganligi haqidagi fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi