
Statista nashri 2024-yil uchun dunyodagi eng yirik oltin konlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur reytingda O‘zbekistonning ikki koni — Muruntau va Olmaliq majmuasi — birinchi beshlikka kirdi, deb xabar berdi Statista.
Ro‘yxatning yetakchisi sifatida AQShdagi Nevada Gold Mines koni qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda esa O‘zbekistonning Muruntau koni joy oldi — u butun Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin koni hisoblanadi. Uchinchi o‘rinni Indoneziyadagi Grasberg koni egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinda Rossiyaning Olimpiada koni qayd etilgan. Beshinchi o‘rinda esa O‘zbekistonning yana bir loyihasi — Olmaliq majmuasi o‘rin oldi.
Bu natija O‘zbekistonning so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoatini modernizatsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi faol islohotlari natijasi sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston oltin qazib olish hajmi bo‘yicha nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda ham yetakchi davlatlardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.
Reytingda, shuningdek, Qozog‘istonning Kazzinc, Gananing Ahafo, Malining Loulo-Gounkoto hamda Kongodagi Kibali konlari ham o‘rin olgan.
Muruntau koni dunyodagi eng qadimiy va eng boy oltin zaxiralaridan biri sifatida e’tirof etiladi, Olmaliq esa zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlov berish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!