O‘zbekistonda 2023 yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi. Bu haqda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori o‘rinbosari Sherzod Mirkomilov ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish rejalashtirilgan:
2023 yil hosili uchun asosiy maydonlari 3,2 mln gektar;
- takroriy maydonlari 783 ming gektar;
- bog‘-tok qator oralari 140 ming gektar;
- dala chetlari 34,6 ming gektar;
- lalmi yerlar 373 ming gektar.
2023 yil 15 apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” davlat unitar korxonasi orqali tashabbuskorlarga loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etilmoqda.
Tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan maxdulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yunalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga takdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” korxonasiga yetkaziladi.
Bunda agentlik “Agroservis operator” DUK bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishlok, xujaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi. Oziq-ovqat va qishlok, xujaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi.
“Agroservis operator” DUK mazkur mablag‘lar hisobidan intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar; laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablag‘lar:
- milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
- xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qo‘shilgan holda taqdim etiladi.
2023 yil 1 iyunga qadar paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat ko‘rsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, mol go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i tovarlarning chakana savdo obektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.
Vazirlik mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jahon bankning “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb qilingan 130 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltiradi. Ushbu tizim orqali moliyalashtiriladigan loyihalar tijorat banklari ishtirokisiz amalga oshiriladi hamda garov ta’minoti talab etilmaydi. Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi. 2023 yil har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring