Manchester Siti poygada Arsenalga yetishmoqda

Manchester Siti poygada Arsenalga yetishmoqda
Mashhur sharhlovchi Aleksandr Yelagin "Manchester Siti"ning "Liverpul" ustidan yirik gʻalabasini izohladi. Angliya Premyer-ligasining 11-turida boʻlib oʻtgan oʻyinda "Manchester Siti" 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

"Bu "Man Siti"ning mutlaqo munosib gʻalabasi! Gvardiolaning 1000-oʻyini haqiqatan ham muvaffaqiyatli oʻtdi.

Amaldagi chempionni shunday magʻlubiyatga uchratish katta erishuv. "Man Siti" Arsenal bilan chempionlik poygasiga qaytmoqda.

Bu juda qiziqarli boʻladi! Pep – chinakam moʻ'jizakor murabbiy!" – deb yozdi Yelagin oʻzining Telegram kanalida.

11 turdan soʻng "Manchester Siti" turnir jadvalida 22 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa yetakchidan toʻrt ochkoga orqada.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar