Tramp barcha amerikaliklarga 2000 dollar berilishini va’da qildi

1 daqiqa o'qish216
Tramp barcha amerikaliklarga 2000 dollar berilishini va’da qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat fuqarolari uchun yangi moliyaviy tashabbusni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona tariflaridan yig‘iladigan daromadlar hisobidan har bir amerikalik fuqaroga kamida 2000 dollar to‘lov amalga oshiriladi. Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Prezident ta’kidlashicha, to‘lovlar yuqori daromadli shaxslarni istisno qilgan holda barcha amerikaliklarga beriladi. Shu bilan birga, u tarif siyosatini tanqid qiluvchilarni “ahmoqlar” deb atab, bojxona daromadlari orqali mamlakat davlat qarzini qisqa muddatda yopish mumkinligini qayd etdi.

Trampning fikricha, Qo‘shma Shtatlar tariflar orqali trillionlab dollar daromad olishi mumkin va bu AQSH iqtisodiyotini “yangi bosqichga olib chiqadi”.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil aprelda Tramp bir qator davlatlar uchun yangi tariflar joriy etish rejasini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, bu chora AQSH manfaatlarini himoya qilish hamda mamlakatni yillar davomidagi iqtisodiy bosimdan xalos etishga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?