Tehronda ichimlik suvi tugayapti: millionlab aholi xavf ostida

1 daqiqa o'qish1.7K
Tehronda ichimlik suvi tugayapti: millionlab aholi xavf ostida

Eron poytaxtida suv inqirozi tobora kuchaymoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehronda ichimlik suvi zaxiralari ikki hafta ichida tugab qolishi mumkin. Prezident Mas’ud Pezeshkian bu holatni «milliy darajadagi favqulodda vaziyat» deb baholadi.

Tehron suv ta’minoti kompaniyasi rahbari Behzod Parsiyning ma’lum qilishicha, shaharni suv bilan ta’minlovchi besh ombordan biri — Amir Kabir to‘g‘oni hozirda atigi 8 foiz quvvatda ishlamoqda. Unda faqat 14 million kub metr suv qolgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 86 million kub metrga teng edi.

Yog‘ingarchilikning kamayishi suv sathini keskin pasaytirib, yer osti suv manbalarini ham quritish darajasiga yetkazgan. Tehron aholisining kunlik suv ehtiyoji 3 million kub metrni tashkil etadi, ammo ayrim tumanlarda suv ta’minoti allaqachon cheklangan.

Mutaxassislar yomg‘ir yoqmasa va favqulodda choralar ko‘rilmasa, poytaxtda 10 millionga yaqin aholining evakuatsiya qilinishi ehtimolini istisno etmayapti. Bu holat Eron tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar inqirozlardan biri bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?