date

Farruh Fazel “Yo‘q” qo‘shig‘i bilan muxlislariga yangi hissiyot ulashdi

Farruh Fazel “Yo‘q” qo‘shig‘i bilan muxlislariga yangi hissiyot ulashdi

Xonanda Farruh Fazel muxlislariga yangi sovg‘a taqdim etdi — u “Yo‘q” nomli qo‘shig‘ining premyerasini e’lon qildi, deb xabar berdi ijtimoiy tarmoqlarda.

Qo‘shiq ayriliq, sog‘inch va yurakdagi iztirob mavzusini o‘zida aks ettiradi. Farruhning so‘zlariga ko‘ra, “Yo‘q” insonni o‘ylantiradigan, ammo bir vaqtning o‘zida umid uyg‘otadigan tarona sifatida yaratilgan.

Hozircha qo‘shiqning faqat audio versiyasi YouTube hamda boshqa musiqiy platformalarda joylashtirilgan. Qo‘shiq matni va musiqasi Mirjahon Tojimuratovga, aranjirovkasi esa Jasur Badalbayevga tegishli.

Xonandaning avvalgi “Bor” nomli qo‘shig‘i o‘z vaqtida musiqiy chartlarning yuqori o‘rinlarini egallagan edi. “Yo‘q” esa shu muvaffaqiyatning davomidek ko‘rilmoqda — unda xonandaning ovozi yanada yetuk, his-tuyg‘ular esa chuqurroq aks etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Farruh Fazel “Yo‘q” qo‘shig‘i bilan muxlislariga yangi hissiyot ulashdi