11:16 / 30.07.2023
284

Oyliklar qaysi sohalarda eng ko‘p va eng kam to‘lanayotgani maʼlum bo‘ldi

Oyliklar qaysi sohalarda eng ko‘p va eng kam to‘lanayotgani maʼlum bo‘ldi

Statistika agentligi O‘zbekistonda o‘tgan yarim yil davomida nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha dastlabki maʼlumotlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, mamlakatda yanvar—iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 4,3 million so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 22 foizga o‘sgan.

Infografika: Statistika agentligi

O‘rtacha oyliklar yuqori hududlar

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari

  • Toshkent shahrida (7 million so‘m),
  • Navoiy viloyatida (5,7 million so‘m),
  • Toshkent viloyatida (4,3 million so‘m),
  • Andijon viloyatida (3,7 million so‘m) hamda
  • Buxoro viloyatida (3,7 million so‘m) kuzatildi.
Infografika: Statistika agentligi

Eng ko‘p va kam oylik olayotganlar

Agentlik hisob–kitoblariga ko‘ra, respublikada eng yuqori oylik olayotganlar moliya va sug‘urta sohasi xodimlari bo‘lib, ularga o‘rtacha 12,4 million so‘m oylik to‘langan. Keyingi o‘rinlarda

  • axborot va aloqa (9,5 million so‘m),
  • tashish va saqlash (6,4 million so‘m) va
  • sanoat sohasi (5,4 million so‘m)

xodimlarining oyliklari o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Taʼlim (3 million so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2,8 million so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rish mumkin. Tahlillarga qaraganda, bundan 4 yil ilgari (2019-yilda) taʼlim sohasidagilar o‘rtacha 1,7 million so‘m, sog‘liqni saqlash mutaxassislari 1,4 million so‘m oylik olgan.

Infografika: Statistika agentligi

2023-yil yanvar—iyun oylari uchun o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichini shakllantirishda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlari hisobga olinmagan, chunki fermer xo‘jaliklari hamda kichik tadbirkorlik subyektlari yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.

Maʼlumot uchun, Nominal hisoblangan ish haqi – maʼlum bir davr (soat, oy, yil) mobaynida xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat) evaziga ish beruvchilar tomonidan, amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oluvchi yollanma xodimning mehnatiga haq to‘lash tarzida jismoniy shaxsga pul shaklida hisoblangan daromadlardan iborat.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oyliklar qaysi sohalarda eng ko‘p va eng kam to‘lanayotgani maʼlum bo‘ldi