date

O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi yuk tashish hajmi oshdi


O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi avtomobil yuk tashuvlariga talab joriy yilning sentyabr va oktyabr oylarida o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan qariyb uchdan bir qismga oshgani ma'lum qilindi. Bu haqda PЭK kompaniyasi xabar berdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, ushbu davrda ikki mamlakat o'rtasida yuk tashish bo'yicha buyurtmalar soni yillik hisobda 31,5 foizga ko'paygan. PЭK: Silk Way kompaniyasining ta'kidlashicha, bu kuzda asosan oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa sabzavot va mevalar ko'proq eksport qilinmoqda.

Yetkazib beruvchilar noyabr o'rtalarida boshlanadigan chegirmalar mavsumiga qadar mahsulotlarni yetkazishga shoshilmoqda. Kichik hajmdagi yuklarga, xususan elektronika, mato namunasi, ehtiyot qismlar va texnika detallariga talab sezilarli darajada oshgan.

Bu esa onlayn savdoning faol rivojlanayotgani bilan bog'liq. PЭK ma'lumotlariga ko'ra, talabning ortishi sababli Rossiya va O'zbekiston o'rtasidagi yuk tashish narxi o'tgan yilga nisbatan 16 foizga oshgan.

Noyabr boshida Moskvadan Toshkentga yuk mashinasi orqali yuk tashish narxi taxminan 252 ming rublni tashkil etmoqda. Narxlarning oshishi valyuta kurslarining o'zgarishi va O'zbekistondagi inflyatsiyaning oshishi bilan izohlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi yuk tashish hajmi oshdi