
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro terma futbolchilarining holatini yaqindan o‘rganish maqsadida BAAga tashrif buyurdi. Italiyalik mutaxassis BAA Pro ligasining 10-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Al Dafra — Bani Yas uchrashuvini stadiondan turib tomosha qildi.
Kannavaro mazkur bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari — Otabek Shukurov va Akmal Mozgovoyning o‘yiniga alohida e’tibor qaratdi. Ustoz uchun bu safar terma jamoa uchun nomzod hisoblangan futbolchilarning joriy formacini baholashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuv «Bani Yas» jamoasining ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Otabek Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshlab, jamoasining ikkinchi goliga samarali uzatma muallifi bo‘ldi va maydon markazida faol harakat qildi. Akmal Mozgovoy esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, o‘yin sur’atini saqlab qolishda hissa qo‘shdi.
Bunday kuzatuvlar Fabio Kannavaroning milliy terma jamoa uchun raqobatbardosh va tayyor futbolchilarni shakllantirishga jiddiy yondashayotganini ko‘rsatadi. Muxlislar esa BAAda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik legionerlarning o‘yini terma jamoada ham o‘z samarasini berishidan umidvor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.