date

“Uyda yolg‘iz” filmi haqida kutilmagan ilmiy xulosa ochiqlandi

“Uyda yolg‘iz” filmi haqida kutilmagan ilmiy xulosa ochiqlandi

Mashhur “Uyda yolg‘iz” filmi syujeti ilmiy nuqtayi nazardan qayta ko‘rib chiqildi. Amerikalik fizik olim Luis Batalya filmdagi asosiy voqea — Kevinning uyda qolib ketishi tasodif emas, degan xulosaga keldi.
Olimning hisob-kitoblariga ko‘ra, ma’lum sharoitlarda ota-onaning bolalaridan birini uyda unutib qoldirish ehtimoli atigi 0,13 foizni tashkil etadi. Bu esa filmda ko‘rsatilgan holat oddiy xatolik emasligini ko‘rsatadi.
Batalya ta’kidlashicha, agar ota-ona kechasi soat 23:00 atrofida uxlab, ertalab parvozga tayyorgarlik bilan uyg‘ongan bo‘lsa ham, besh nafar farzanddan birini tasodifan qoldirib ketish deyarli mumkin emas. Shu bois u voqealar rivoji rejalashtirilgan bo‘lishi ehtimolini ilgari suradi.
Olimning fikricha, bu holat komediya sifatida qabul qilingan filmga ancha chuqur psixologik ma’no beradi. Ko‘pchilik uchun quvnoq bo‘lib tuyulgan syujet ortida ota-onalik mas’uliyati va ichki ayb hissi yashirin bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Uyda yolg‘iz” filmi 1990 yilda suratga olingan bo‘lib, Yangi yil ta’tiliga ketgan oilasi tomonidan uyda yolg‘iz qoldirilgan bola va uning o‘g‘rilarga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Uyda yolg‘iz” filmi haqida kutilmagan ilmiy xulosa ochiqlandi