
Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Toni Kroos 2026 yilgi jahon chempionatini 48 jamoaga kengaytirish g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, ko‘proq terma jamoalar mundialda qatnashishi ijobiy ko‘rinadi, biroq bunday formatda keraksiz uchrashuvlar va yirik hisobdagi natijalar ko‘payib ketadi. Kroos buni jahon chempionati darajasiga mos holat deb hisoblamaydi.
«Men sifatli o‘yinlarni ko‘rishni xohlayman, 5:0 yoki 6:0 hisobidagi g‘alabalarni emas. Bunday narsa menga yoqmaydi. O‘yinlar soni oshgani sayin futbolchilar ko‘proq charchaydi, natijada umumiy daraja pasayadi», — deya uning so‘zlarini AS keltirdi.
2026 yilgi jahon chempionati yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.