date

Bugun ko‘p hududlarda yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

Bugun ko‘p hududlarda yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda

30 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi va shamol kuchayishi kutilmoqda, deb xabar berdi "O‘zgidromet".
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat tungi payt 7–9, kunduz 11–13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ham yomg‘ir ehtimoli bor, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘irli va shamolli ob-havo kutilmoqda. Shamol ayrim joylarda sekundiga 18 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo ancha iliq, ammo ba’zi joylarda yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Andijon, Namangan va Farg‘onada ob-havo sokin bo‘lib, yomg‘ir kutilmaydi, faqat tuman tushishi mumkin.
Tog‘li va tog‘ etaklari hududlarida qor yog‘ishi, ayrim nuqtalarda kuchli yog‘ingarchilik va qor ko‘chishi xavfi bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun ko‘p hududlarda yomg‘ir va kuchli shamol kutilmoqda