date

Semeno «Manchester Siti»ga juda yaqin: transfer 48 soat ichida...

Semeno «Manchester Siti»ga juda yaqin: transfer 48 soat ichida...

«Manchester Siti» klubi «Bornmut» vingeri Antuan Semenoni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Insayder Ben Jeykobsning xabar berishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakunlanish arafasida va transfer rasman keyingi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli ganalik futbolchi «shaharliklar» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon to‘liq kelishib olgan. Endi asosiy masala — «Bornmut» va «Siti» o‘rtasidagi so‘nggi rasmiy kelishuvlarni hal etishdan iborat.

Shu bilan birga, «Bornmut» rahbariyati Semeno ertaga «Chelsi»ga qarshi bahsda maydonga tushishiga umid qilmoqda. Kutilmoqdaki, ushbu o‘yin vinger uchun jamoa safidagi xayrlashuv bahsiga aylanishi mumkin.

Antuan Semeno joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida yuqori samara ko‘rsatib kelyapti. U 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning tezligi, kuchli driblingi va hujumdagi faolligi Xosep Gvardiola jamoasi uslubiga mos kelishi ta’kidlanmoqda.

Agar transfer amalga oshsa, Semeno «Manchester Siti»ning hujum chizig‘ini yanada kuchaytirib, chempionlik uchun kurashda jamoaga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Semeno «Manchester Siti»ga juda yaqin: transfer 48 soat ichida...