date

Globe Soccer Awardda 2025 yilning eng yaxshi klubi aniqlandi

Globe Soccer Awardda 2025 yilning eng yaxshi klubi aniqlandi

Globe Soccer Award taqdirlash marosimi davom etar ekan, “Eng yaxshi erkaklar klubi” nominatsiyasida g‘alaba fransuzning “PSJ” jamoasiga nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu yo‘nalishda katta kutilmagan holat kuzatilmadi: 2025 yil davomida parijliklar haqiqatan ham eng barqaror va kuchli klub bo‘ldi. “PSJ” mavsumni olti sovrin bilan yakunladi — Liga 1, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va Qit’alararo kubok.

Parij klubi uchun yil davomidagi yagona jiddiy omadsizlik Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qayd etildi: jamoa finalgacha yetib bordi, biroq hal qiluvchi bahsda “Chelsi”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, Globe Soccer Award talqiniga ko‘ra, “PSJ” ustozi Luis Enrike yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

“PSJ”ning navbatdagi uchrashuvi 4-yanvar kuni “Parij”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Globe Soccer Awardda 2025 yilning eng yaxshi klubi aniqlandi