date

Bo'stonliqda shamol elektr stansiyasi quriladi


Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida quvvati 20 MVt bo'lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi. Mazkur stansiya 2026 yilda ishga tushiriladi.

Elektr stansiyasi ishga tushgach, yiliga taxminan 50 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa 20 mingga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 15 million kubometr tabiiy gaz sarfi kamayadi. Shuningdek, mazkur stansiya ekologik jihatdan ham katta ahamiyatga ega bo'lib, atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlarning chiqarilishining oldi olinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bo'stonliqda shamol elektr stansiyasi quriladi