date

Sunʼiy intellekt bozoridagi bum PlayStation 6 relizini kechiktirishi mumkin

Sunʼiy intellekt bozoridagi bum PlayStation 6 relizini kechiktirishi mumkin

Insider Gaming manbalariga ko‘ra, PlayStation 6 hamda yangi Xbox’ning taqdimoti operativ xotira bozoridagi tanqislik va narxlar oshishi sabab ortga surilishi ehtimoli bor. Vaziyat sunʼiy intellekt (AI) infratuzilmasiga bo‘lgan talab keskin kuchaygani fonida yuzaga kelgan. Avvaliga yangi avlod konsollari 2027–2028 yillarga mo‘ljallangan edi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Muammo faqat kelajakdagi qurilmalar bilan cheklanmaydi: nashr qayd etishicha, hozirgi avlod — PS5 va Xbox Series X|S ham kutilganidek arzonlashmasligi, aksincha 2026 yildayoq qimmatlashishi mumkin.

Sabab shundaki, chip ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar buyurtmalarni AI-serverlar uchun komponentlarga ustuvor yo‘naltirmoqda, o‘yin bozorida esa arzon va yetarli detal topish qiyinlashmoqda. Platforma egalari qurilmalarni haddan tashqari yuqori tannarxda chiqarib yubormaslik uchun reliz muddatlarini ko‘chirish variantini ko‘rib chiqayotgani aytiladi.

Yakuniy qaror zavodlar ishlab chiqarish quvvatini tezda kengaytira olishi-olmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Aks holda, yaqin yillarda o‘yin uskunalari narxlari o‘sishda davom etishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sunʼiy intellekt bozoridagi bum PlayStation 6 relizini kechiktirishi mumkin